OKMKning "Paxtakor"ga qarshi chempionatdagi g'alabasiz seriyasi 12 o'yinga etdi
22 apr 2023 21:15
Yangiliklar
OKMKning "Paxtakor"ga qarshi chempionatdagi g'alabasiz seriyasi 12 o'yinga etdi
Biroz avval Coca Cola Superligasining 7-turidan o'rin olgan OKMK - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga etdi.
Garchand mazkur bellashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsa-da, "sherlar" iroda namoyish etgan holda birin-ketin ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi hamda uch ochkoga ega chiqdi.
SHu tariqa, chempionat doirasida olmaliqliklarning "Paxtakor"ga qarshi o'yinlardagi g'alabasiz seriyasi 12 o'yinga etdi. Toshkent viloyati jamoasi so'nggi marta 2017 yil poytaxt klubini dog'da qoldirgandi.
Qolaversa, klub mezbon sifatida ketma-ket oltinchi Superliga bahsida amaldagi mamlakat chempioniga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar