OKMK nazorat o'yinida Pro liga jamoasidan 3 ta gol qabul qilib oldi
26 fev 2024 17:05
Yangiliklar
OKMK nazorat o'yinida Pro liga jamoasidan 3 ta gol qabul qilib oldi
Yopiq tarzda kechgan uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari Asror Aliqulov qo'l ostidagi jamoaga mag'lub bo'ldi. Muborakliklar ustunligi ostida kechgan o'yinda Aliqulov shogirdlari 3 ta to'p kiritishdi, gollar mualliflari – Nurjahon Muzzaffarov, Rustam Abduhamidov, Anvar Murodov. OKMK o'yin yakuniga kelibgina hisobni qisqartirishga erishdi, bu golga Nodir Abdurazzoqov mualliflik qildi.
OKMK – "Mashal" 1:3
OKMK: Javohir Ilyosov, Avazbek O'lmasaliev, Sardor Rahmonov, Akram Komilov, Dilshod Ahmadaliev, Mirjamol Qosimov, Oybek Rustamov, Xurshid G'iyosov, Arixiro Sentoku, Milyan SHkrbich, Irakli Ruxadze.
"Mashal": Umid Hamroev, Muhammadali Namozov, SHahboz Jo'raev, Asil Begimqulov, Javohir Abdualimov, Humoyun Murtozaev, Ibrohim G'anixonov, Rustam Abduhamidov, Islom Baratov, Nurjahon Muzaafarov, Maykl Babatunde.


Malumot o'rnida, OKMK Superliga 1-turida 3 mart kuni "Andijon" bilan bellashsa, "Mashal" Pro liga ilk turini 12 mart sanasida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar