So’nggi yangiliklar

13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  2 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  3 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  1 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  12 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  3 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  0 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  3 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  16 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  9 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3

OKMK futbol klubi yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

OKMK futbol klubi yangi futbolchilarni tanishtirdi

Teglar :  OKMK
OKMK futbol klubi kecha OKMK sport majmuasida yangi mavsum oldidan rasmiy taqdimot marosimini o'tkazdi.

Tadbir avvalida o'tgan mavsumlarda jamoa sharafini himoya qilib, yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan futbolchilar hamda joriy mavsumdan boshlab klub tarkibiga qo'shilgan mahalliy va legioner futbolchilarning tanishtiruv taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida OKMK FK prezidenti Abdulla Xursanov so'zga chiqib, jamoaning o'tgan mavsumda vice-chempionlikni qo'lga kiritgani, bu natijaga erishishda butun jamoaning mehnati va birdamligi katta rol o'ynaganini takidladi. Shuningdek, u joriy mavsumda ham jamoa oldida yuksak maqsadlar turgani, nafaqat ichki chempionatda, balki xalqaro musobaqalarga yo'llanma olish yo'lida futbolchilarga omad tiladi.

Bu samimiy tilaklarga javoban, OKMK FKning bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoaga yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib, yangi mavsumda ham yanada yuqori marralarni zabt etish niyatida ekanligini bildirdi.

Shundan so'ng, OKMK FK bosh direktori Bahodir Mirzaev minbarga chiqib, 2024 yilda amalga oshirilgan loyihalar yuzasidan malumot berdi. U jamoaning rivojlanishi yo'lida katta ishlar amalga oshirilayotganini takidlab, OKMK futbol akademiyasining tashkil etilgani, yosh futbolchilar uchun zamonaviy maydonlar barpo etilgani va uzoq hududlardan kelib shug'ullanadigan iqtidorli futbolchilar uchun yashash va istiqomat qilishga mo'ljallangan yotoqxona qurilayotgani haqida so'z yuritdi.

Shuningdek, 2025 yildan boshlab Angren shahrida «OKMK-Semurg'» jamoasining faoliyat boshlashi nafaqat klub, balki Angren aholisi uchun ham muhim qadam sifatida etirof etildi. Bu esa nafaqat hududiy futbolning rivojiga hissa qo'shishi, balki yangi istedodlarning etishib chiqishiga imkon yaratishi takidlandi.

Marosim ko'tarinki kayfiyatda davom etar ekan, taqdimotning keyingi qismida OKMK FK prezidenti, bosh direktori va bosh murabbiyi ishtirokida jamoaning yangi mavsum uchun maxsus o'yin formalarining tantanali taqdimoti bo'lib o'tdi. Ushbu formalar o'zbek brendi – «7SABER» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan to'plam bo'lib, futbolchilarga rasmiy ravishda topshirildi.

OKMK FKning eng katta kuchi, shubhasiz, sadoqatli va fidoyi muxlislaridir! Tadbirga tashrif buyurgan ishqibozlar har qanday sharoitda jamoani qo'llab-quvvatlashlarini takidladilar. Va shu bilan birgalikda tadbirga tashrif buyurgan muxlislar o'z sevimli futbolchilari bilan fotosessiyada ishtirok etish imkoniga ega bo'ldilar.

Eslatib o'tamiz, OKMK FK qishki transferlar oynasida tarkibini quyidagi futbolchilar bilan kuchaytirdi: mahalliy futbolchilardan Humoyunshoh Sayyotov, Abror Karimov, Akbar O'ktamov, Asad Sobirjonov va Abubakr Rizo Turdialiev jamoaga jalb etildi. Shu o'rinda, «konchilar» legionerlardan yaponiyalik Naoaki Senaga hamda avstraliyalik Ajak Riak kabi futbolchilarni ham o'z safiga qo'shib oldi.

Shuningdek, ilgari «Bunyodkor» va «Olimpik» jamoalarida ijarada to'p surgan Ahmadullo Muqimjonov yana OKMK tarkibiga qaytdi. Bundan tashqari, o'tgan mavsumda OKMK FK tarkibida barqaror o'yin ko'rsatgan Avazbek O'lmasaliev, Islom To'xtaxo'jaev, Oybek Rustamov va Sardor Mirzaev bilan shartnoma muddati uzaytirildi.

Ishonamizki, «konchilar» jamoasi 2025 yilgi mavsumda ham shiddatli o'yinlari va g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi bilan muxlislarini xursand qilib, yuksak marralarni zabt etadi. Ular nafaqat ichki chempionatda, balki xalqaro turnirlarga yo'llanmani qo'lga kiritib, o'z nomini tarix zarvaraqlariga yana bir bor yorqin harflar bilan bitadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика