So’nggi yangiliklar

07:58Ла Лига жамоаси кетма-кет бешинчи ғалабасидан сўнг "Манчестер Юнайтед"ни масхара қилди  0 07:30Суперлига. Бугун 28-турга старт берилади  2 03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  3 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  1 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  1 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  15 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  10 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  10 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4

Nima?! Ispan himoyachisida 39ta o'yindan beri g'alaba yo'q. U La Ligada deyarli ikki yildan beri g'alaba qozonmagan (mutolaa uchun) Yangiliklar

Nima?! Ispan himoyachisida 39ta o'yindan beri g'alaba yo'q. U La Ligada deyarli ikki yildan beri g'alaba qozonmagan (mutolaa uchun)

U top-5 ligalari orasida eng yomon...

"Elche"ning 30 yoshli himoyachisi Karlos Klerk bizning qahramonimizga aylandi, sababi u bir mavsumdan oshiq vaqt davomida yuta olmayapti.



Unda 39ta o'yinlik faol seriya bor. Ketma-ket emas va bitta jamoa safida emas, ammo baribir fakt: u 39 bor La Ligada maydonga tushdi va ko'pi bilan durang bilan chiqib ketdi.


Bunday baxtsiz seriya qanday shakllandi?

Klerk so'nggi bor jamoa bilan La Ligada deyarli ikki yil oldin g'alaba qozongan. U o'shanda "Levante" safida o'ynardi, ular 2021 yilning 10 aprelida "Eybar"ni mag'lub etishdi – 1:0.

Klerk o'shanda hatto yagona golga assistentlik qilgan: qanotga yorib kirgan va to'pni sherigiga uzatgan. SHuningdek o'shandan beri unda yana bir assist bo'lgan (2020 yilning oktyabrida "Valensiya"ga qarshi), g'alaba qozonish esa amalga oshmayapti.



Yakunda shunday seriya: 2020/21 yilgi mavsum oltita o'yin, "Levante" (quyi ligaga tushib ketgan) safida 19ta va "Elche" tarkibida 14ta o'yin.

Ushbu 39ta o'yinda tarkibida Klerk bo'lgan jamoalar 15 bor durang o'ynashdi va 24 bor yutqazishdi. U antirekordni 2020 yilning oktyabridayoq ketma-ket 32ta g'alabasiz o'yindan so'ng o'rnatgandi. Bundan oldingisi Xayme Romero (31ta o'yin)ga tegishli, u 2012 yildan 2017 yilga qadar "Osasuna" va "Granada" safida g'alaba qozona olmagan.

Ha, bu vaqt davomida kubok doirasidagi bitta g'alaba ham bor: joriy mavsum beshinchi ligadan "Gvadalaxara" jamoasi ustidan g'alaba – uni hisobga qo'shmaymiz. Bundan tashqari, keyingi bosqichda Karlosning zaxiradan chiqishidan so'ng keyinchalik "Barselona"ni qabul qilgan "Seuta"ga imkoniyat boy berildi.


Uning jamoalari umuman g'alaba qozonmayapti-mi? Unchalik emas


G'alabalar bo'lgan, shunchaki Klerk ulardan chetda bo'lgan.


• "Levante" 2021/22 yilgi mavsum ilk g'alabasini 20-turga kelib qo'lga kiritdi, Klerk esa kartochkalar yig'ilib qolgani sabab tarkibda emas edi.

• Klub bir oydan so'ng sensacion tarzda "Atletiko"ni mag'lub etdi, Klerk zaxirada edi.

• "Levante" bir yarim oydan so'ng "Elche"ni taslim etdi, yana zaxira.

• "Levante" 2022 yilning bahorida beshta o'yinni yutdi, ammo Klerk qaydnomada yo'q edi.


Balki, unga shunchaki klublar bilan omad kelmayotgandir.



Aynan u harakat qilgan "Levante" g'alabasiz seriya bo'yicha chempionat antirekordini o'rnatdi – 2021 yilning aprelidan dekabrigacha 26ta o'yin.

"Elche" bilan vaziyat yanada qiyinroq: jamoa u siz ham g'alaba qozona olmayapti. Top-5da faqatgina "Kremoneze" va "Elche"da g'alabalar soni nolga teng. Ispanlarda vaziyat yomonroq: atigi olti ochko.

Klerk klublari bir necha bor so'nggi daqiqalarda g'alabani boy berishdi: ayniqsa "Levante" bilan "Kadis"ga qarshi o'yinning 90+7 daqiqasida to'p o'tkazib yuborilishi alamli bo'ldi.


Karlos Klerk – kim o'zi u?


SHunchaki bir necha faktlar. CHap himoyachi, Badalonada tug'ilgan, "Espanol"da futbol o'ynashni o'rgangan va o'sha erda Xaver Agirre qo'l ostida faoliyatini boshlagan. U yoshlar jamoasida tez-tez gol urgan, ammo baribir hujumkor o'yinchiga aylanmadi. "Espanol" akademiyasi murabbiyi Luis Planaguma unga tajovuzkorlik etishmasligini aytdi.

Klub yigitchani "Sabadel" va "Jirona"ga ijaraga berdi, keyinchalik esa Klerkning o'zi "Osasuna", "Levante" va "Elche"ga ketdi. U "Osasuna"dagi faoliyatini shunday eslaydi: "O'sishga yordam beradigan raqobatni his qilmadim, shunday ekan nimanidir o'zgartirish kerak edi".



"Levante" bilan xayrlashish qayg'uli bo'ldi – mavsum so'nggiga yaqin Klerkning tizzasida muammo paydo bo'ldi, klub esa u aldamoqda deb taxmin qildi. U yakunda uch oy qaydnomadan o'rin olmadi va ketdi. U uchun hech qachon pul to'lashmagan – hamma erga erkin agent sifatida o'tgan.

Karlos La Ligada umumiy 117ta o'yin o'tkazgan, ulardan 20tasida g'alaba. Masalan, 2021 yilning boshida "Levante" "Santyago Bernabeu"da "Real" (2:1)ni mag'lub etganda, u maydonda edi.

Klerkdan agar "Levante" CHempionlar ligasiga chiqishi uchun nima qilishga rozi bo'lishi haqida so'rashdi. Karlos tatiurovka qildirishni taxmin qildi.

Barcha yoqimsizliklar va antirekordlardan Klerkni oilasi chalg'itadi. U yarim yil oldin o'g'il farzandli bo'ldi.



Karlos ommaviy ravishda antirekordga munosabat bildirmagan. Murabbiy Planaguma uning xarakteri haqida Elmundo bilan intervyuda aytib o'tdi: "U doim qolganlardan ko'ra ko'proq mehnat qilishiga to'g'ri kelgan va u bunga o'z harakatlari sabab erishgan. Biz g'alabasiz seriyani muhokama qilmaymiz. Bu ahamiyat kasb etmaydigan tasodif".

"Elche" keyingi o'yinni "Sevilya"ga qarshi La Liga doirasida o'tkazadi, ularda ham yomon mavsum o'tmoqda, andalusiyaliklar ham quyi ligaga ravona bo'lish hududidalar. Qayg'uli seriyani 40ta o'yingacha olib borishning jiddiy xavfi mavjud.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика