OFK vakillari 2 yulduzli "Bunyodkor" akademiyasiga qanday baho berishdi?
31 may 20:11
Yangiliklar
OFK vakillari 2 yulduzli "Bunyodkor" akademiyasiga qanday baho berishdi?
Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) baholash komissiyasi "Bunyodkor" futbol akademiyasiga tashrif buyurishdi.
Akademiya infrastrukturasi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Xususan, bolalar yotoqxonasi, sport zallari, suv havzasi, tibbiyot, psixologiya, analitika bo'limlari, sport bo'limidagi murabbiylarga yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirishdi.
Tashrifning ikkinchi qismida klub akademiyasiga AFC tomonidan berilgan 2 yulduzcha uchun talab etilgan hujjatlar bilan tanishib, akademiya faoliyatiga yuqori baho berishdi hamda bir qancha taklif va tavsiyalar bilan o'rtoqlashishdi.
Bunday etirof "Bunyodkor" futbol akademiyasidan hali yana ko'plab jahon darajasidagi futbolchilar chiqishiga dalil bo'ldi desak xato bo'lmaydi.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar