So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

OFK sayti Alim Arifovni O'FF vice-prezidenti deb yozdi Yangiliklar

OFK sayti Alim Arifovni O'FF vice-prezidenti deb yozdi

OFK rasmiy sayti shu tashkilotni boshqarayotgan SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa haqida xabar chop etib, xabar oxirida keltirilgan malumotga ko'ra Alim Arifovni O'FF vice-prezidenti deb yozdi.
Xabarning qisqacha talqini quyidagicha. OFK rahbari SHayx Salmon yaqinda Markaziy Osiyo futboli rahbarlari va vakillari bilan uchrashib bazi masalalarni muhokama qilib oldi. Uchrashuv davomida bir qator masalalar ko'rib chiqildi. OFK prezidenti yig'ilish davomida Osiyo futboli rivojlanishning to'g'ri yo'lidan ketayotganini takidladi.

Xabar oxirida esa yig'ilishda kimlar qatnashgani keltirilgan. Bular Eron FF prezidenti Ali Kafashian, Afg'oniston FF prezidenti Karim Keramuddin, Qirg'iziston FF prezidenti Semetey Sultanov, O'zbekiston FF vice-prezidenti Alim Arifov va Tojikiston FF vice-prezidenti Xurshid Murzoev.

Malumki, O'FF vice-prezidenti lavozimida mana bir necha yildirki Sardor Rahmatullaev ishlab kelyapti. Alim Arifov esa xalqaro bo'limda faoliyat olib boradi va OFK o'yinlarida komissarlik qiladi. Ehtimol, OFKdagi hamkasblarimiz ko'proq Alim bilan muloqotda bo'lishgani uchun uni vice-prezident deb o'ylashgan bo'lsa kerak. Agar O'FFda vice-prezident o'zgargan bo'lganida bundan albatta xabar topgan bo'lardik, lekin hozircha bu haqda hech qanday gapni eshitmadik.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика