So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

OFK prezidenti O'zbekiston futzal milliy terma jamoasini Osiyo Kubogida qo'lga kiritilgan uchinchi o'rin bilan qutladi Yangiliklar

OFK prezidenti O'zbekiston futzal milliy terma jamoasini Osiyo Kubogida qo'lga kiritilgan uchinchi o'rin bilan qutladi

OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al Halifa O'zbekiston futzal milliy terma jamoasining Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki munosabati bilan tabrik yo'lladi.

Osiyo futbol konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al Halifa O'zbekiston futzal milliy terma jamoasining Osiyo Kubogida bronza medalini qo'lga kiritgani munosabati O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti Abdusalom Azizov nomiga tabrik yo'lladi.

"Kuvaytda bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogida uchinchi o'rinni qo'lga kiritganingiz bilan sizni va O'zbekiston futbol oilasini chin qalbimdan tabriklashdan mamnunman.

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasining musobaqa davomida ko'rsatgan ajoyib o'yinlari O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan futzalni rivojlantirish va ommalashtirish yo'lida amalga oshirilgan mehnat va say-harakatlaridan dalolatdir.

Bahodir Ahmedov va butun jamoaga turnir davomida namoyish etgan yorqin o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Bu g'alaba jamoani kelajakda yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishga undashiga ishonaman.

O'zbekiston futbol jamoatchiligiga esa kelgusi faoliyatida zafarlar tilayman", – deyiladi OFK prezidentining tabrigida.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика