So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

OFK Kubogi-2022. "Xo'jand" ustozi: "So'g'diyona" bejiz O'zbekiston chempionatida etakchi o'rinlarda bormayotganini isbotladi" Yangiliklar

OFK Kubogi-2022. "Xo'jand" ustozi: "So'g'diyona" bejiz O'zbekiston chempionatida etakchi o'rinlarda bormayotganini isbotladi"

OFK Kubogi Markaziy mintaqa finalidan o'rin olgan "Xo'jand" – "So'g'diyona" o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Xo'jaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Avvalambor, mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'ramoqchiman. O'yin bo'yicha fikr bildiradigan bo'lsam, futbolchilar ko'rsatmalarimizni to'g'ri bajarishmasa, bunday raqibni yutishning mutlaqo iloji yo'q. Ular bejiz O'zbekiston chempionatida etakchi o'rinlarda bormayotganini isbotlashdi. 

O'yindan oldingi matbuot anjumanida aytganimdek, jamoa o'z falsafasiga ega, himoyadan hujumga juda tez o'tadi. Biz aynan shu jihatga ahamiyat qaratib, tayyorgarlik ko'rgandik, lekin ular ojiz nuqtamizga zarba bera olishdi. Men umid bildirgan tajribali himoyachilar ishonchni oqlay olishmadi.

Albatta, kelgusida o'yinimizni o'zgartiramiz. Ammo bu uchun bizga mohir ijrochilar kerak. Hozirgi paytda mavjud futbolchilar orqali o'yinni shakllantiryapmiz. Darvoza, himoya va hujum haqida to'xtalsam, yaxshi o'ynash uchun ko'rsatmalarni bajarish lozim yoki futbolchida etarlicha mahorat bo'lishi kerak.

- Jamoa OFK Kubogidagi yurishini to'xtatdi. Umuman olganda, "Xo'jand"ning ushbu mavsumdagi ishtirokini qanday baholaysiz?

- Umuman, guruh bosqichida yaxshi natijaga erishib, pley-offga yo'l oldik. Ammo bu bosqichda ijobiy natijaga erishish va OFK Kubogida maksimal natija qo'lga kiritishga hozircha tayyor emasmiz. 

- Nima deb o'ylaysiz, "So'g'diyona" ushbu mavsumda nimalarga qodir? Jamoa "Nasaf"ning yo'lini takrorlay oladimi?

- O'tgan yili "Nasaf" ushbu musobaqa favoriti ekanligini aytib o'tgan edim. Hozir esa "So'g'diyona"ni favoritlardan biri sifatida ko'rsatishim mumkin. Jamoa salohiyatli futbolchilar va yuqori o'yin sifatiga ega.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика