So’nggi yangiliklar

07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  0 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  0 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  0 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  5 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  38 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  3 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  54 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1

O'FF hakamlar va inspektorlar departamenti o'quv-tekshiruv seminar tashkil etdi Yangiliklar

O'FF hakamlar va inspektorlar departamenti o'quv-tekshiruv seminar tashkil etdi

Bugun O'zbekiston Futbol Federaciyasi majlislar zalida O'FF hakamlar va inspektorlar departamenti Oliy va 1-liga hakamlari uchun o'quv-tekshiruv seminar tashkil etdi.

Seminarda xorijda xizmat safarida  bo'lgan referilardan boshqa barcha hakam va inspektorlar ishtirok etdi.

O'quv-seminari Oliy va 1-liga doirasidagi mavsum avvalida bo'lib o'tgan o'yinlarda hakamlarning harakati, yo'l qo'ygan xato va kamchiliklariga bag'ishlangan taqdimotlar bilan boshlandi. Hakam va inspektorlar seminar davomida O'zbekiston futbol mavsumining o'yinlarini videomateriallar asosida tahlil qildilar.

FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev videokliplar asosida hakamlarning xatolarini tahlil qilib berdi hamda har bir vaziyat borasida hakamlar bergan savollarga ham javob berib o'tdi.

FIFA referisi Vladislav Ceytlin videokliplar asosida o'yindan tashqari holatni qayd etishdagi xatolar haqida to'xtalib, turli o'yinlardagi offsayd holatlarini tahlil qilib berdi. Ushbu mavzuni davom ettirgan O'FF instruktori Aleksandr Popov ofsaydni qayd etishda yon qanot hakamlari yo'l qo'ygan xatolar haqida tahliliy chiqish qildi. Popov, shuningdek, to'pni qo'l bilan o'ynash bilan bog'lik muammoli vaziyatlarni ham tahlil qilib berdi.

PFL bosh direktori Farhod Magametov o'z nutqida hakamlar va inspektorlarga nisbatan o'yinlar javomida nocenzur so'zlar bilan haqorat qiladigan murabbiylarga qattiq turish kerakligini tayniladi. 

Seminar hamon davom etmoqda. U bugun kun bo'yi davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика