So’nggi yangiliklar

20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  18 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  35 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  17 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0

O'FF hakamlar departamenti OFK tomonidan Osiyoda etakchilardan biri sifatida etirof etildi Yangiliklar

O'FF hakamlar departamenti OFK tomonidan Osiyoda etakchilardan biri sifatida etirof etildi

Teglar :  OFKhakamlar
2015 yilning avgust oyida Osiyo Futbol Konfederaciyasi tomonidan milliy terma jamoalar murabbiylari birinchi anjumani tashkil etildi.

O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ham tashkilotchilar tomonidan ushbu seminarlarga  taklif etildi. U milliy terma jamoalar murabbiylariga o'zining yirik xalqaro musobaqalarda orttirgan tajribasi haqida so'zlab, ishtirokchilar uchun foydali malumotlar bilan o'rtoqlashdi. Ermatovning ushbu konferenciyada ishtiroki uchun Osiyo Futbol Konfederaciyasi O'zbekiston Futbol Federaciyasiga minnatdorchilik xati yubordi. 

"Biz Malayziya poytaxti - Kuala-Lumpur shahrida yaqinda tashkil etganimiz tadbirdagi ishtiroki uchun janob Ravshan Ermatovga o'zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Janob Ermatov ishtirokidagi foydali malumotlarga boy bo'lgan seminar, o'ylaymizki, juda muvaffaqiyatli o'tdi. Ishtirokchilar uchun ushbu malumot almashinuvi ulkan darajada manfaatli bo'ldi. Biz Osiyo qitasida futbolning rivojlanishi yo'lida kelajakda ham hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilganmiz", - deyiladi OFK tomonidan yuborilgan xatda.

SHuni ham qo'shimcha qilish kerakki, O'zbekiston Futbol Federaciyasi OFK tomonidan Osiyoda hakamlarni etkazib berish va hakamlikning rivojlantirish ishlarida etakchilardan biri sifatida etirof etiladi. Avgust oyida bo'lib o'tgan hakamlik borasidagi savollar yuzasidan OFK tomonidan tashkil etilgan majlisga O'FF hakamlar departamenti boshlig'i Noil Lutfullin taklif etilishida ham shunday etirof yana bir bor takidlangan edi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика