So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

O'FAda Superliga va Pro liga hakamlari uchun tanqidiy ruhda seminar o'tkazildi. Xatoga yo'l qo'ygan mutaxassislar quyi ligalarga tushirildi Yangiliklar

O'FAda Superliga va Pro liga hakamlari uchun tanqidiy ruhda seminar o'tkazildi. Xatoga yo'l qo'ygan mutaxassislar quyi ligalarga tushirildi

Teglar :  O'FARavshan Irmatov
O'zbekiston futbol associaciyasida hakamlar uchun seminar o'tkazildi.

"Superliga va Pro ligada faoliyat yuritadigan hakamlar ishtirokida o'tgan tur uchrashuvlari yakunlariga bag'ishlangan seminar tashkil qilindi. Unda O'FA rahbariyati, O'zbekiston futbol hakamlari markazi vakillari, instruktorlar, hakamlar va nazoratchilar ishtirok etishdi. Yig'ilish tanqidiy ruhda o'tib, oxirgi tur uchrashuvlarida hakamlar tomonidan qayd etilgan xato va kamchiliklar o'ganib chiqildi, tahlil qilindi va hakamlarga ogohlantirishlar berildi. Xatoga yo'l qo'ygan mutaxassislar quyi ligalarga tushirildi. 

Seminarni O'FA vice-prezidenti Ravshan Irmatov ochib berib, mamlakatimiz futboli rivojlanishi yo'lida hakamlik zimmasida ham katta masuliyat yotganini alohida takidladi:

“Associaciyaning futbolni rivojlantirish, xususan hakamlikni yangi darajaga olib chiqish yo'lida olib borayotgan ishlariga barchangiz guvohsiz. Biroq oxirgi paytlarda aynan hakamlik bilan bog'liq vaziyatlar sababli muxlislarda etirozlar paydo bo'layotganiga guvoh bo'lyapmiz. O'FA saviyali hakamlikni o'zining asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida tanlagani sababli muxlislar ham buni bizdan talab qilishga haqli. Barcha seminarlarda birinchi navbatda professionallikni talab qilamiz. O'z bilim va ko'nikmalari ustida doimiy ishlab boradigan hakam VAR yordamisiz uchrashuv tizginini nazorat qila oladi. Aynan shunday yondashuv bilan biz chempionatga bo'lgan ishonch va qiziqishni kuchaytira olamiz. Agar bu vazifalarni to'liq anglay olmayotgan, o'z ishiga masuliyatsizlik bilan yondashayotganlar bo'lsa, ularning faoliyatini qayta ko'rib chiqamiz. Buyog'iga faqat sifatli hakamlik kriteriylarga mos keladigan mutaxassislar bilan ishlaymiz va ularni xalqaro darajaga etishishi uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etamiz”, dedi Ravshan Irmatov. 

Seminar davomida tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida o'tgan tur uchrashuvlari davomida qayd etilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Xatolar ko'rsatib o'tilib, kamchiliklarni bartaraf etish, keyingi o'yinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi bo'yicha ko'rsatmalar berildi", -deyiladi O'FA bergan xabarda.

Reyting: -27   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика