O'FA vakillari "Sho'rtan" futbol akademiyasida bo'ldi
20 may 13:44
Yangiliklar
O'FA vakillari "Sho'rtan" futbol akademiyasida bo'ldi
"Sho'rtan" futbol akademiyasiga O'zbekiston futbol associaciyasi texnik direktori Gi Kiala, yoshlar futbolini rivojlantirish bo'limi boshlig'i Bahrom Umarov, O'zbekiston U-13 terma jamoasi murabbiyi Lars Hopp tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad Qashqadaryo viloyatida bolalar futboli infratuzilmasi holatini o'rganish va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo'ldi.
Delegaciya "Sho'rtan" futbol akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar, asosiy baza, o'quv-mashg'ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.





Shuningdek, O'FA vakillari va Lars Hopp 2011 yilda tug'ilgan iqtidorli yoshlar o'rtasida tashkil etilgan futbol bahslarini kuzatishdi.
Tashrif yakunida mehmonlarga "Sho'rtan" Bosh menejeri Shamil Yarulin tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar