So’nggi yangiliklar

22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  38 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  53 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  2 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  8 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  3 20:59"Ал Файҳа" — "Ал Ухдуд". Таркиблар маълум  1 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   24 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  1 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  23 19:58ОПЛ. "Сумқайит" ўз уйида мағлуб бўлди, "Сабаҳ" меҳмонда дуранг ўйнади  0 18:17"Ливерпуль" ва "Арсенал"га 65-70 млн фунтлик ўйинчи қизиқ  2 16:46"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини "Интер"га сотиши мумкин  0 16:20"Реал" "Байер"дан Гримальдо трансферини кўриб чиқмоқда. Чап қанот ҳимоячиси - "Барса" тарбияланувчиси  4 15:53Неймар Бразилияда қолмоқчи  2

O'FA Tartib-intizom qo'mitasi bahsli vaziyatlar yuzasidan bir nechta qaror qabul qildi Yangiliklar

O'FA Tartib-intizom qo'mitasi bahsli vaziyatlar yuzasidan bir nechta qaror qabul qildi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi.

Jumladan, O'zbekiston Coca-Cola Superligasining 2-turi doirasidagi «Paxtakor» – «Neftchi» uchrashuvning 21-daqiqasida mezbonlar futbolchsi Abrorbek Ismoilov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, unga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Qo'mita ushbu o'yinga oid yana bir vaziyatni o'rganib chiqdi. «Neftchi» jamoasining muxlislari uchrashuvning 21-daqiqasidan hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatishgan hamda u tomonga har-xil buyumlar uloqtirishgan. SHuningdek, «Neftchi» muxlislari o'z jamoasining 13-raqamli o'yinchisi Lutfulla To'raev shaniga haqoratli so'zlar ishlatishgan.

«2022 yilgi mavsumda O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti»ga muvofiq futbol klublari o'zlarining tomoshabinlari (jamoa muxlislari) xulqi uchun ham javobgardir.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda «Neftchi» futbol klubi kelgusida shunga o'xshash holatlar takrorlanishiga yo'l qo'yilsa, klubga nisbatan jiddiy intizom choralar qo'llanilishi to'g'risida qatiy ogohlantiriladi.

Superliganing ushbu turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv — «Qizilqum» va «Bunyodkor» o'yinida mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov uchrashuvda mobil aloqa vositasidan foydalangan. Bu bilan u 2022 yilgi mavsum Reglamentining 15.17-bandini buzgan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHuhrat Maqsudov 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

O'zbekiston Coca-Cola Superligasining 3-turi doirasidagi «Olimpik» – «Paxtakor» uchrashuvida «Paxtakor» jamoasining futbolchisi Ikromjon Aliboev o'yinning 12-daqiqasida to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, unga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 Birinchiligining 3-turi doirasidagi «Metallurg» – «Surxon» uchrashuvining 90+4-daqiqasida hakam tomonidan qoidabuzarlik sabab o'yin to'xtatiladi. Ushbu vaziyatda mezbon futbolchisi Muhriddin Soloxiddinov yotgan holatida raqib o'yinchisining bel qismiga zarba beradi, bunga javoban «Surxon» jamoasining futbolchisi Kamoliddin Ashurov erda yotgan raqibini oyog'ini bosadi. Bu vaziyatni ko'rgan zaxiradagi «Metallurg» jamoasining futbolchisi Xumoyunshox Sayyotov maydonga chiqib, raqib o'yinchisining bo'yniga zarba beradi. Hakam uch futbolchini ham qizil kartochka bilan maydondan chetlashtirgan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, ushbu uch futbolchi — Muhriddin Soloxiddinov, Xumoyunshox Sayyotov («Metallurg») va Kamoliddin Ashurov («Surxon») 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi hamda ularga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

O'zbekiston Coca-Cola kubogi saralash uchrashuvlari doirasidagi «Andijon II» – «Do'stlik» bahsining 9-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Orzu Razzoqov raqib o'yinchisining yuziga urgani hamda tajovuzkor xatti-harakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Unga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.

Yana bir uchrashuv — «Keles» va «Aral» bahsining 15-daqiqasida «Aral» jamoasining futbolchisi SHamsitdin Sag'dullaev raqib o'yinchisi shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, unga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика