So’nggi yangiliklar

12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  0 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  1 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  1 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  3 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  2 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1

O'FA rahbariyati “Evima Football” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati “Evima Football” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati va “Evima Football” kompaniyasi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Malumki, mazkur kompaniya ayollar sporti bo'yicha turli xil tadbirlar o'tkazish bo'yicha dunyoda o'z o'rniga ega. “Evima Football” Bolgariya va Turkiyada futbol turnirlari va yig'inlar tashkil etishga ixtisoslashgan.

Bugungi uchrashuvda kompaniya rahbari Evgeniy Marinov va ayollar bo'limi boshlig'i Anastasiya Juravlyova ishtirok etdi.

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ayollar futbolining jahon sportida tutgan o'rni katta ekanini takidlab, mamlakatimizda ham xotin-qizlarni sportga, xususan, futbolga jalb etish borasida tizimli ishlar yo'lga qo'yilayotganini qayd etdi. O'zbekiston ayollar terma jamoasining oldiga ulkan maqsad va vazifalar qo'yilganligi, bu borada jamoaga yaponiyalik murabbiylar jalb etilayotgani borasida malumot berdi.

SHuningdek, O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov barcha terma jamoalarimiz qatori ayollar jamoamiz ham xalqaro musobaqalarda ko'proq ishtirok etishi kerakligini, bu futbolchilar uchun katta tajriba berishini takidladi. 

O'z o'rnida “Evima Football” vakillari O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari orasida ushbu yo'nalishga katta o'sishga erishayotganini etirof etishdi. Ayollar futboli turnirlarini tashkil etish bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishga tayyor ekanligini bildirishdi.

Uchrashuvda tomonlar kelajakda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini takidladilar", – deyiladi O'FA matbuot xizmati xabarida.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика