So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

O'FA ishchi guruhi Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'ldi Yangiliklar

O'FA ishchi guruhi Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'ldi

O'FA va sport vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Mutaxassislar bu gal Qoraqalpog'iston Respublikasida bolalar va o'smirlar futbolidagi shart-sharoit, kamchiliklar bilan tanishib chiqishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi va O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududlardagi bolalar-o'smirlar sport maktablarining futbol bo'limlari, futbol mahorat maktablari, ixtisoslashtirilgan futbol maktablarida mavjud shart-sharoitlarni yaqindan o'rganish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash borasida ish olib bormoqda.

SHu maqsadda Respublikamizning barcha viloyatlarida bu boradagi mavjud vaziyatni to'liq o'rganib chiqish uchun O'FA va sport vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Mutaxassislar bu gal Qoraqalpog'iston Respublikasida bolalar va o'smirlar futbolidagi shart-sharoit, kamchiliklar bilan tanishib chiqishdi.

Ishchi guruh Nukus shahri, shuningdek, Taxtako'pir, Qorao'zak, CHimboy, Bo'zatov, Kegeyli, Qonliko'l, Qo'ng'irot, Mo'ynoq, SHo'manoy, Amudaryo, Ho'jayli, Taxiatosh hamda Ellikqala tumanlarida joylashgan bolalar-o'smirlar sport maktablari futbol bo'limlarining ish-faoliyati, Futbol mahorat maktabining hamda mavjud futbol to'garaklarining zarur inventarlar bilan taminlanganligi, murabbiylarning zamonaviy metodlar asosida mashg'ulotlar olib borayotgani, mashg'ulot va o'yin maydonlari holati o'rganildi.

SHuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol associaciyasining bugungi kundagi ish jarayoni, associaciyaning yangi mavsumda amalga oshirilishi mo'ljallangan rejalari bilan yaqindan tanishildi, uning ish faoliyati samaradorligini taminlash, hududda futbolni yanada ommalashtirishda Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol associaciyasi ish salmog'ini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика