So’nggi yangiliklar

19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  9 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  3 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  7 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   12 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  7 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  3 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  6 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0

Odilga dam, CHeranga yordam... Yangiliklar

Odilga dam, CHeranga yordam...

Dastlabki turdan so'ng tanqidlar yomg'iri ostida qolgan "Paxtakor" bugun qiyin bahsdan 3 ochko olib ketdi.

Al-Taawoun

AFC Champions League Grp. D . 2-tur

11/04/2022, 01:15

1
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Khozhimat Erkinov - 83'

45'
90'
59'  Hazzaa Al-Hazzaa (Faisal Mohamed)
59'  Sumayhan Alnabit (Hassan Al Omiri)
77'  Mostafa Fathi (Nawaf Al-Rashwodi)
90'  Ryan Al Mousa
90'  Leandre Tawamba Kana
44'  Dragan Ceran
68'  Oliver Sarkic (Ikrom Alibaev)
68'  Azizbek Turgunbaev (Khozhimat Erkinov)
83'  Khozhimat Erkinov
83'  Ikrom Alibaev
88'  Ikrom Alibaev
90'  Sherzod Azamov
90'  Sardor Rashidov (Jasur Yakubov)

"Al Taavon" bilan o'yinda SHerzod Azamovning safga qaytishi mudofaadagi xatolarni maksimal darajada kamaytirgani rost. SHuningdek, mazkur 90 daqiqalik Slavche Voyneski etibor qaratishi lozim bo'lgan bir qancha masalalarni oydinga olib chiqdi...

"Nuqta" ustida ishlash kerak

Bugungi o'yini uchun "sherlar"ni alqash shart emas. SHunchaki, "Al Taavon" Saudiyaning barcha davrlarda qarshimizga chiqqan eng kuchsiz jamoasi edi (buni ichki chempionatdagi turnir jadvali ham tasdiqlayapti). To'g'ri, natija ijobiy bo'ldi, buni birov inkor qilolmaydi. Lekin vaziyatlarni yakunlash borasida keragidan ortiq oqsalgani ham fakt. 

Muataz Bag'avini dastlabki 70 daqiqada Rashidovning uzoq masofadan yo'llagan 2 zarbasi bezovta qildi, xolos. "Paxtakor" ko'plab hujumlar tashkil qildi, ammo vaziyatlarga yakuniy nuqtani qo'yuvchi "taran" etishmadi. SHu tufayli "Al Taavon" jarima maydonida to'pning o'ngdan chapga, so'ldan yana o'ngga uchgan epizodlarning guvohiga aylandik. 

Slavche Voyneski CHerandan "nayzaning uchi" sifatida foydalanayotgan edi. Draganning "Paxtakor"dagi vazifasini bilmaydiganlar ortiq bir qo'lning barmog'icha qoldi. Raqiblar jamoani "bo'g'ish"ning eng oson yo'li serbiyalik futbolchini "bloklash" ekanini anglashadi. SHunday onlarda masuliyatni sardorning elkasidan oladigan yordamchi kerak.

Bugun mazkur vazifasini haqiqiy Sardor bajarishi kerak edi. Bazi vaziyatlarda u 2015 yilda Saudiya Arabistoni darvozasiga kiperning oyoqlari orasidan to'p kiritgan Rashidovga o'xshamay qolgani ko'rindi. Uzoqdan gollar uradigan Azizning o'yini chiqmayapti. "Gol mashinasi" deb olingan SHarkich ko'proq idish yuvadigan mashinaga o'xshayapti. Zaxiradagi Mirahmadov esa top-forvardlar sirasiga kirmaydi. 

SHunday ekan, Voyneski realizaciya ustida jiddiy bosh qotirishi kerak. Yo'qsa, kelgusi bahslarda ham Erkinovga umid bog'lashdan o'zga chora yo'q.

Standartlarni qadrlash kerak

"Sepaxon"ga qarshi bahs "Paxtakor"ning standart vaziyatlarda anchayin ojizligini ko'rsatib berdi. SHukr, bugun jarima yoki burchak zarbasidan keyin gol o'tkazilmadi. Ammo oldingi chiziqdagi vaziyatlardan ham naf chiqmadi. Vaholanki, "sherlar" 5 bor "korner", yana raqib darvozasi yaqinidan bir qancha jarima to'pi tepishdi. Buni Superligada "Dinamo" yoki "Navbahor" kechirishi mumkin. Navbatdagi raqib — "Al Duhayl" esa rahmdil emas. Buni Doxa klubining o'zbek jamoalariga qarshi statistikasi ham aytib turibdi.

Hamrobekovga tanaffus kerak

Zamonaviy futbolda markazni egallagan jamoa g'alaba qozonadi. "Paxtakor" uchun maydonning o'rtasidagi vaziyatni nazorat qiladigan asosiy figura Odil Hamrobekov sanaladi. U bugun ham vazifasini qusursiz bajarishga harakat qildi. Biroq, "Duxayl" bilan birinchi o'yinda Aliboevni asosiyga, Sobirxo'jaevni orqaroqqa o'tkazib, Odilni zaxirada qoldirish nisbatan foydaliroq bo'ladi (eng kamida futbolchi uchun). CHunki Hamrobekov oxirgi 16 kunda jami 5 ta rasmiy uchrashuvda to'liq harakat qildi (Qirg'iz Respublikasi, Uganda, "Navbahor", "Sepaxon" va "Al Taavon"ga qarshi). Unda o'ynash uchun ishtiyoq qanchalik kuchli bo'lmasin, inson organizmi toliqishi aniq. Oldinda turgan tig'iz taqvimda yana 4 ta muhim bahs bor. Ularning barchasida Hamrobekovni ilk daqiqalardan maydonga tushirish yarim himoyachini jarohat sari etaklash bilan barobar...

mutolaa uchun: Nega Qosimovning "ketmoni uchmayapti"?

Muallif :
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика