So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  28 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

Odil Ahmedov "Paxtakor"da qancha maosh olgan yoxud nima uchun O'zbekistonda jamoadan jamoaga ko'chib yurish ananaga aylanib qolgan? Yangiliklar

Odil Ahmedov "Paxtakor"da qancha maosh olgan yoxud nima uchun O'zbekistonda jamoadan jamoaga ko'chib yurish ananaga aylanib qolgan?

O'zbekiston terma jamoasi sobiq sardori, bugungi kunda O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov "90minutuz" podkastida mehmon bo'ldi.

Nodirxo'ja Yuldashev, Mirkomil Musaev va Alisher Uzoqov muallifligidagi ko'rsatuv tobora ommalashib, qisqa fursatda futbolga oid podkastlar ichida o'z o'rniga ega bo'lib oldi. "90minutuz" bu gal muxlislar talab va istaklariga binoan yaqin o'tmish yulduzi Odil Ahmedovni mehmonga chaqirdi va bir qator savollarga javob topdi. 

Xususan, Ahmedov "Paxtakor"dagi maoshi qancha bo'lganini malum qildi:

"2010 yil "Paxtakor"dan "Anji"ga ketishdan avval qancha maosh olardim? 1500-2000 dollar atrofida". 

Bunga javoban Nodirxo'ja Yuldashev shu kecha-kunduzda oddiy klubda zaxira futbolchisi ham 1500 dollarga o'ynamayotganini ochiqladi. Uning aytishicha, hatto byudjeti kam klublar sirasiga kiradigan "Sho'rtan", "Mashal" kabi jamoalar futbolchilari 30-40 mln so'm pul olmoqda.  

"Bilasizmi, birinchi navbatda, bu futbol biznes deb qaralayotgani bilan bog'liq. Futbolda katta pul aylanadi. Bu holatga murabbiylar va kuchli 4 yoki 5 likka kirish yoki chempionlikni talab qiladigan boshliqlar sababchi bo'lyapti. Shundan so'ng murabbiylar tajribali futbolchilarni tarkibga jalb qiladi va yangi o'sib kelayotgan yoshlar bir chetda qolib ketaveradi. Nomi bor futbolchilar O'zbekiston bo'yicha aylanib yuraveradi. O'sha 10 ming dollarga o'ynaydigan futbolchining ishini etibordan chetda qolayotgan yosh o'yinchi ham undan yaxshiroq bajarishi mumkin, ammo unga ishonch bildirilmaydi. Imkon berilsa-yu, yosh futbolchi muntazam yaxshi o'ynay olmasa, murabbiy rahbariyat tomonidan jazolanadi. Hamma o'z o'rnidan qo'rqadi. Shuning uchun 20-25 nafar futbolchi malum summa evaziga yurtimiz bo'ylab to'p tepib yuradi", – dedi Ahmedov.

"90minutuz" podkasti to'liq holda:

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика