So’nggi yangiliklar

23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  112 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  7 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15 17:30"Реал Сосьедад" матбуот котиби Файзуллаевга бўлган қизиқиш ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  6 17:01Суперлиганинг сўнгги тур ўйинларида ҳакамлар нечта хатога йўл қўйишди? Россиялик экспертимиздан ҳакамлик фаолияти таҳлили  2

"Odemingieni o'z akam deya ayta olaman". "Turon"ning yangi sport direktori Andre Kamara Kiryuxin bilan intervyu Yangiliklar

"Odemingieni o'z akam deya ayta olaman". "Turon"ning yangi sport direktori Andre Kamara Kiryuxin bilan intervyu

"Paxtakor"ning iqtidorli tarbiyalanuvchisi 24 yoshida faoliyatini yakunladi, ammo baribir futbolda o'zini topdi.

Superliga jamoalari mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Qaysidir klublar haqida malumot ko'p, qaysilaridir haqida esa deyarli yo'q. Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev "Turon"ning yangi sport direktori Andre Kamara Kiryuxindan intervyu oldi.


Ushbu intervyuda quyidagilarni bilib olasiz:

• Andre qanday qilib o'yinchilik faoliyatini yakunladi;

• Piter Odemvingie bilan bolalik va do'stlik;

• Qanday qilib futbolda o'zini topdi;

• Nega "Turon" Andreni sport direktori etib tayinladi;

• Umarali Rahmonalievga qanday yordam berdi;

• 2023 yilgi mavsum klub oldida qanday maqsadlar turibdi.


Odemingie bilan bolalik, o'zbek futbolidagi xafagarchiligi va ilk muvaffaqiyatlar


- Boshlanishiga o'zingiz haqida gapirib bering: futbolda qanday darajada o'ynagansiz, qachon va nega yakunlagansiz?

- "Paxtakor" tarbiyalanuvchisiman, 1983 yilda tug'ilganlar jamoasida o'ynaganman. 15 yoshimdan MXSK va "Paxtakor" kabi klublarning o'rinbosarlar jamoasiga jalb qilinganman. O'smirlar terma jamoasida Ignatiy Nesterov bilan o'ynaganman, keyinroq esa MXSK o'rinbosarlarida mendan to'rt yoshga katta bo'lgan Ilhom Mo'minjonov bilan yo'llarimiz kesishgan. O'sha yoshimda asosiy tarkibga yaqin o'yinchi edim, aniqrog'i meni birinchi jamoa uchun o'ynashga tayyorlashgan, shu sabab o'zimdan kattalar bilan o'ynaganman.



2006 yilda yakunda "Bunyodkor"ga aylangan "Quruvchi"ga Oliy ligaga chiqishga yordam berdim va o'sha mavsum jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldim. Ammo, 2007 yilda futboldan shaxsiy sabablarga ko'ra ketishga majbur bo'ldim. Faoliyatimni yakunlash og'riqli bo'ldi. O'zbek futboli, aniqrog'i tizim meni xafa qildi desam bo'ladi. SHundan so'ng uzoq vaqt futbol ko'ra olmadim, sababi katta o'yinchi bo'lib etishishim mumkinligini tushungandim. Balki, hatto Evropada o'ynashim ham mumkin edi.


- Ijtimoiy tarmoqlarda Piter Odemvingie bilan suratingiz bor. U bilan qanday tanishgansiz va qanchalik aloqadasiz?

- Piter bilan butun bolalikni o'tkazganmiz va birga o'sganmiz. Aytgancha, uning ismi aslida Osaze. Odemvingiening opasi Alsuni yaxshi bilaman. Otasiz o'sganman, shu sabab ko'p vaqtimni ularning oilasida o'tkazganman va aslini olganda o'sha erda tarbiyalanganman. Odemvingie bilan yaxshi munosabatlarimiz bor va bemalol uni akam deb atashim mumkin.



- Qanday qilib futbol sohasida ishlay boshladingiz?

- Yosh bo'lganimda va o'zim o'ynaganimda insonlarni, ayniqsa futbolchilarni tahlil qilishni juda yaxshi ko'rardim. U yoki bu o'yinchiga qanday qilib sifatlarini rivojlantirishga yordam berish mumkinligi haqida o'ylardim. Buni keyinchalik DSF agentligini ochgan mahalliy agent Raul Abdurahmonov bilardi. U meni o'zi bilan o'yinlarga olib yurishni boshladi va o'yinchilarni tahlil qilishni so'radi. SHunday qilib agentlik tashkil bo'ldi, men u erda sport bo'limiga javob berardim. Mening vazifamga shartnoma imzolagan futbolchilarni tanlov qilish kirardi. Menga iqtidorli o'yinchilarni ularning futboldagi yo'llarining ilk bosqichidayoq topish juda ham yoqadi. Ammo, futbolga faqatgina pul topish uchun qaytmadim: yigitlarga o'sishlarga yordam berishni xohlashimni aytdim. Va albatta, o'zimni topishni xohladim.


- Topgan o'yinchilaringizning ismini ayta olasizmi?

- Birinchi navbatda Ibrohimhalil Yo'ldoshevni aytaman. Albatta, ko'plar Yo'ldoshev va boshqa o'yinchilarimizning iqtidorini ko'rdi, ammo aynan biz ular bilan boshidanoq shug'ullangandik. Ibrohimhalil o'sha paytda hatto "Paxtakor"ning o'rinbosarlar jamoasida ham o'ynamagandi. U bilan yozda shartnoma imzolaganimizni, kuzda esa unga "Ximki" va "Orenburg"dan taklif kelganini eslayman. Ko'plar Yo'ldoshevning yuqori darajada o'ynashiga ishonmagandi, ammo biz unga ishongandik.

SHuningdek bizda "Olimpik" o'yinchilarining bir qismi bor. 2020 yilda o'yinchilar tegishli bo'lgan klublardan ular asosiy tarkibda o'ynash yoki o'ynamasliklari haqida so'ray boshladik. Bizga yo'q deya javob berishdi. Bu ularning faqatgina o'rinbosarlar jamoasida o'ynashini yoki umuman ularning Pro Ligaga "tushib ketishini" anglatardi. O'sha paytda aynan "Olimpik" loyihasi paydo bo'ldi va o'yinchilarimizni o'sha erga yubordik. Hozirda ularning barchasi yaxshi darajada o'ynashmoqda va o'zlarini O'zbekiston olimpiya terma jamoasida ko'rsatishmoqda.

Agar nomlar bo'yicha gapiradigan bo'lsak, bu Otabek Jo'raqo'ziev, Farrux Muxtorov va yana bir necha nafar yigitlar.

Oleg Zoteev bilan bog'liq yana bir qiziqarli ishimizni aytish kerak. 2020 yilda biz uning Koreyaning "CHonnam Dregonz" klubiga o'tishi borasida muzokaralar o'tkazdik. Oleg o'sha paytda 31 yoshda edi va koreyslarni 8-9 oy mobaynida yoshiga qaramasdan yaxshi o'ynashini va jamoani kuchaytirishi mumkinligiga ishontirishga urindik. Zoteevni o'sha paytda o'rtoqlik o'yinlari uchun terma jamoaga olishdi va biz "CHonnam Dregonz" skautini kelib Olegni o'zi kelib ko'rishiga ko'ndirdik. Yakunda koreys klubi rozi bo'ldi, Zoteev esa jamoa J2-ligasi (Janubiy Koreyaning ikkinchi divizioni)da o'ynasa-da, Mamlakat kubogini yutishga yordam berdi.


- Umarali Rahmonaliev haqida nima deya olasiz?

- Umaralini 16 yoshida payqagandik. U o'z tengdoshlaridan oldinda edi va o'sishi uchun yuqoriroq darajada o'ynashi muhim edi. Biz "Bunyodkor" rahbariyati bilan gaplashdik va ularni Rahmonalievning yoshidan kattaroq jamoada o'ynashiga loyiqligiga ishontirdik. Va uning asosiy jamoa bilan o'ynashi shart deb turib oldik. "Bunyodkor"ga bizni tushunishgani uchun katta minnatdorchilik bildiraman. Yakunda barchasi Umaralining "Rubin"ga o'tishiga olib keldi.



"Turon"dagi ish va kelajakdagi rejalar


- Qanday qilib sizga "Turon" sport direktori bo'lish taklifi tushdi?

- "Turon" rahbariyati bilan agentlikdagi faoliyat orqali tanish edik. Klub bizning yoshlar bilan qanday ishlashimizni va qay tarzda o'yinchilarimizning o'sayotganimizni ko'rdik. SHundan so'ng meni "Turon" akademiyasiga taklif qilishdi va men u erda barcha yoshlar jamoalariga javob berdim. SHu bilan birga, menda aniq lavozim yo'q edi - vazifalarimdan kelib chiqib meni akademiyaning bosh skauti yoki sport direktori deyish mumkin.

"Turon" rahbariyatiga mening yoshlarning o'sishiga etibor qaratishim va Pro Ligadagi dastlabki davradan so'ng selekciya ishlarida yordam berganim yoqdi. O'tgan yili U-19 jamoamizning O'zbekistonning eng yaxshi akademiyalari bo'lmish "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf"ni mag'lub etganini aytish joiz. SHundan so'ng meni rahbariyatga chaqirishdi va "Turon" sport direktorligi lavozimida yordam bera olish yoki olmasligim va nimani taklif qila olishimni so'rashdi.


- Qanday hislar bilan ishga kirishdingiz? Qo'rquv bo'lmadimi, baribir katta masuliyat.

- Qo'rqmadim, ammo xavotir oldim, sababi bu men uchun yangi va nomalum narsa edi. Darhol "Turon" rahbariyati bilan barchasini va men aynan nimada yordam bera olishimni gaplashdik. Klub rahbariyati mening ishlash mobaynida o'rganishimga tayyor edi. Ular "Klubimiz yangi. Biz o'rganamiz va sen biz bilan birga o'sasan".



- Sport direktori lavozimiga kirishganingizdan so'ng nimalarga erishdingiz?

- Hali juda ham kam vaqt o'tdi, ammo allaqachon bosh murabbiyni yoshlarimizga etibor qaratishni ko'ndira oldim. "Turon"da hozirda etarli o'yin amaliyoti ololmaydigan istiqbolli yigitlarni ijaraga berib yubordik. Bu ularga o'sishga va kuchliroq bo'lib qaytishga yordam beradi.


- Yosh o'yinchilardan kimlarni qayt eta olasiz?

- Barchaga Asadbek Rahimjonovni kuzatishni maslahat beraman. Uning bir necha yillardan so'ng yana bir legionerimizga aylanishiga umid qilamiz. Bu 2004 yilda tug'ilgan o'yinchi, uni "Bunyodkor"ning ikkinchi jamoasidan topdik. Biz Asadbekni uch oy kuzatdik va "Turon"ga taklif etdik. U birdan birinchi jamoa bilan shartnoma imzoladi va bir necha oy o'tib ijara asosida "Olimpik"ga o'tdi. U 19 yoshda, ammo allaqachon O'zbekiston olimpiya terma jamoasida o'ynamoqda.


- Mavsum oldidan "Turon" oldiga qanday maqsadlar qo'yilgan?

- Birinchidan "Turon" - katta ambiciyalarga ega xususiy klub. Oldimizda doim yuqori maqsadlar turadi. Agar bo'lajak mavsumdagi maqsadlar haqida aniq gapirsak, Superligada qolishni istaymiz. SHundan so'ng oldinga harakatlanamiz.


- Qishki transfer oynasidagi selekciya ishlaridan qanchalik mamnunsiz?

- Selekciya hali ham davom etmoqda, jamoamizning ayni damda qanday tashkil topganidan qoniqdim. Bizga Azim Ahmedov va Quvondiq Ro'zievdek yaxshi mahalliy o'yinchilar qo'shilishdi. Ushbu o'yinchilar "Turon"ni kuchaytirishdi, shu bilan birga bir necha nafar legionerlar kelishdi.


- Barbod bo'lgan qiziqarli transferlar bo'ldimi? Balki qandaydir taniqli o'yinchilar klubga kelishi mumkin bo'lgandir?

- Bizga o'tishi mumkin bo'lgan Jo ismli taniqli o'yinchi bor edi. Hozircha bo'lib o'tgan barcha voqeani aytib berolmayman, balki keyinroq aytarman.


- Kelajakda kim bo'lib ishlashni xohlaysiz? SHunday sport direktorimi yoki o'zingizni qandaydir boshqa rollarda sinab ko'rishni xohlaysizmi?

- Bosh skaut yoki sport direktorligi men uchun ekanligiga ishonchim komil. Bu lavozimlarni bilaman va ishlashni xohlayman. Savol boshqa: qaysi klubda ishlash? Yosh o'yinchilarning o'sishiga qiziqish bildirgan "Turon"dek klublarga foyda olib kela olaman. Sport direktorlari har xil bo'lishi, ularga klub rivojlanish strategiyasidan kelib chiqqan holda turli talablar qo'shilishi mumkin. Agar klubga yosh o'yinchilarini o'stirishni xohlaydigan va klubning ichki strukturasidan iqtidorlarni izlaydigan sport direktori kerak bo'lsa, bu aniq men uchun.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика