So’nggi yangiliklar

13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  0 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  2 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  2 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  0 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  2 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  2 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  4 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0

OCHLda debyut qilgan Neymar, megasensaciyaga yaqin kelgan "Navbahor" Yangiliklar

OCHLda debyut qilgan Neymar, megasensaciyaga yaqin kelgan "Navbahor"

Ushbu yozda Neymar futbol olamida furor ko'tarib, PSJdan "Al Hilol" safiga kelib qo'shildi.

Saudiya Arabistoni klubi transfer uchun bonuslarni hisobga olmaganda 90 million evro to'ladi va u bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. 

Kecha "Al Hilol" Osiyo CHempionlar Ligasi ilk turida "Navbahor" bilan bahs yuritdi. 1:1 hisobida yakun topgan uchrashuv Neymarning OCHLda debyut qilgani va "Navbahor" mardonavor kurash olib borgani bilan etiborlidir.


Namangan klubi kecha saudiyaliklarni karaxt ahvolga solib qo'ydi va Nevesh, Malkom, Neymar, Mitrovich va boshqa yulduzlarni yaxshigina qiynadi. 52-daqiqada Toma Tabatadze hisobni ochgach dunyo matbuoti larzaga keldi va Neymari bor "Al Hilol" esa ojiz qolayotgani haqida yoza boshladi. "Al Hilol" kecha 14 daqiqa qo'shib berilgan vaqtdagina muvozanatni tiklashga erishdi.


Neymar Igor Golban va Jamshid Iskanderov qurshovida


Yaqinda Peleni ortda qoldirib, Braziliyaning eng yaxshi to'purari bo'lib olgan Neymar yangi klubida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Uning harakatlari bu to'qnashuvda ish bermadi, chunki "Navbahor" himoyachilari va tayanch yarim himoyachilarini uni qurolsizlantirishdi. Oqibatda Neymar namanganlik futbolchilardan g'azablandi va emociyalarini umuman yashirib tura olmadi. Hujumchi 60-daqiqada jarima to'pini tepishdan oldin Abror Ismoilovni ochiqchasiga turtib yubordi va to'pni unga qarata tepdi (VIDEO). Bosh hakam uning Neymarligini hisobga oldimi, xullas, tushunarsiz sabab bilan qizil emas, balki sariq kartchoka ko'rsatdi. 

Saytimizning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ham Neymar bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi

"Ko'p hamkasblarim bilan bu vaziyat bo'yicha gaplashdim: Ularning ko'pchiligi Neymarga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka berish kerak deb hisoblashdi".


Neymardan o'zini bosib olishini so'rayotgan Mitrovich


Asosiy tarkibda ilk bor ko'rinish bergan Ney


"Barselona" va PSJ timsoli butun o'yin davomida yakkakurashlarda faol qatnashdi. Ibrohim Yo'ldoshev va boshqa futbolchilar uni shunchaki "eb qo'yishdi". Umuman olganda, Superliga etakchilaridan biri har qanday chaqiruvga tayyor ekanligini ko'rsatib, har bir duellarda faol bo'ldi. OCHLdagi boshqa bir jamoadan farqli o'laroq, "lochinlar" haqiqiy jang taklif qildi va durangga erishdi.

Neymar bilan bog'liq eng yorqin vaziyatlardan biri so'nggi daqiqalarga to'g'ri keldi – ikkinchi taymga qo'shib berilgan daqiqada Neymar yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi, ammo O'zbekiston MTJ asosiy posboni O'tkir Yusupov o'z superseyvi orqali hamyurtlarimizni goldan qutqarib qoldi! 

SHundan keyin "Al Hilol" faollikni yanada oshirdi va afsuski, 100-daqiqada Ali Al Bulayhi darvozani ishg'ol qilishni uddaladi.


Yulduzning personal muxlislari


Umuman, bu o'yin hammaning xotirasida qolsa kerak, chunki "Navbahor"ning qahramonligi dunyo matbuoti etirofiga sazovor bo'lgani bilan, Neymarga qizil kartochka berilmagani esa adolatsiz qaror ekanligi bilan eslanaveradi.

Darhaqiqat, Neymar ECHLdagi debyutini 2013 yil 18 sentyabrda "Ayaks" bilan o'yinda o'tkazgan (4:0). O'shanda u Jerar Pikening goliga assistentlik qilgan. OCHLdagi debyut ham oradan 10 yil o'tgach, aynan 18 sentyabrda amalga oshdi.

Malumot o'rnida, CHempionlar Ligasi guruh bosqichi dekabr o'rtalarigacha davom etadi. Pley-off bahslari fevraldan boshlanadi. Final may oyiga to'g'ri keladi.

SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика