So’nggi yangiliklar

19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  7 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  3 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  7 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   12 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  7 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  3 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  6 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0

OCHL. "Paxtakor" bitta gol bilan "Al Taavon"ni mag'lub qildi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" bitta gol bilan "Al Taavon"ni mag'lub qildi

Mazkur sahifada OCHL guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" ishtirokidagi bahs matnli translyaciya qilinadi.

"Al Taavon" 0:1 "Paxtakor"

gol: Hojimat Erkinov (83)

"Al Taavon": 21. Mutaz Abdulrahmon, 2. Zeyd Bakir, 3. Leandre Kana, 5. Tariq Abdulloh, 8. Sumayhan Daydan (77. Hassan al Amri, 59), 18. Ashraf al Mahdudi, 31. Saad Yaslam Balobaid, 66. Mustafo Muhammad ( 20. Navaf Sufyon, 77), 80. Rayan Siddiq al Musa, 85. Navaf al Subhi, 90. Hazza Ibrohim al Haza (30. Faysal Mutairi, 59)

Zaxira: 27. Muhammad Zulayfi, 84. Rayan Jahoniy, 91. Rakan Tulayhi, 97. Holid Muntashiri, 99. Basil Mehaves.

"Paxtakor": 33. Eldor Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Aleksiy Larin, 7. Odil Hamrobekov, 8. Aziz Turg'unboev (18. Hojimat Erkinov, 68), 10. Dragan CHeran, 11. Sardor Rashidov (29. Jasurbek Yoqubov,90+2), 14. Oliver SHarkich (6. Ikrom Aliboev, 68), 23. SHerzod Azamov, 27. Sardor Sobirxo'jaev, 34. Farrux Sayfiev

Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 88. SHahzod Azmiddinov, 32. Behruzbek Asqarov, 16. Ruslanbek Roziev, 28. Diyor Xolmatov, 42. Abbosbek Fayzullaev, 77. Mirjahon Mirahmadov.

Ogohlantirishlar: D. CHeran (44), I. Aliboev (88), SH. Azamov (90) - Kana (90+8)

CHetlatish: al Musa (90+7)

SAHIFANI YANGILASH

Yaponiyalik hakamning o'yinni yakunlovchi hushtagi chalindi. "Paxtakor" guruhdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi - 3 ochko!

90+8. Sariq kartochka. Hakamga etiroz bildirgan Kana ogohlantirildi.

90+7. Qizil kartochka. Bo'sh qolgan darvoza tomoni oshiqayotgan Hojimat Erkinovni to'xtatib qolgan al Musa maydondan chetlatildi.

90+4. "SHerlar"dan qarshi hujum. Sayfiev uzatgan to'pni Sobirxo'jaev darvozaga yo'lladi. To'p raqib himoyachisiga rikoshet hosil qilib, maydonni tark etdi.

90+2. O'zgarish. Rashidovni Jasurbek Yoqubov almashtirdi.

90+1. Jarimadan al Mahdudi tepgan to'pni jonli devor qaytardi.

Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Sariq kartochka. Raqib bilan bahslashgani va hakamga etiroz bildirgani uchun SHerzod Azamov ogohlantirildi.

89. Azamov jarima maydoni yaqinida qoidani buzdi. "Al Taavon"da standart vaziyat.

88. Sariq kartochka. Maydon markazida raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagan Aliboev ogohlantirildi.

86. Mezbonlar hujumga zo'r berishmoqchi. Qarshi hujumlardan foydalish kerak.

83. Gooooooooool! Ikrom Aliboev uzatgan to'pni Hojimat Erkinov darvozabonning ustidan oshirib darvozaga tashladi - 1:0! Hujumni Suyunov boshlagan edi.

80. Zarbaaa! Burchak zarbasidan keyin Aliboev raqib darvozasini ishg'ol qilmoqchi bo'ldi. Posbon yaxshi o'ynadi.

78. Sobirxo'jaev maydon markazida qoidani buzdi.

77. O'zgarish. Navaf Sufyon Mustafo Fatxini almashtirdi.

75. Tavamba Azamovga nisbatan qo'pol o'ynadi.

74. Uuux! Burchakdan uzatilgan to'pni Larin darvozaga yo'lladi. Raqib himoyachisi "Al Taavon"ni muqarrar goldan asrab qoldi. 

73. Hojimat Erkinov chap qanotda faollik ko'rsatmoqda. U burchak zarbasi ishladi.

69. "Al Taavon"ning xavfli hujumi chog'ida berilgan qatorasiga 2 zarba himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi.

68. "Paxtakor"da o'zgarish. SHarkich o'rniga Aliboev, Turg'unboev o'rniga Erkinov maydonga tushdi.

66. Hamrobekov Leandre Kanani qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.

64. Rashidov navbatdagi bor oldingi chiziqda qoida buzdi.

63. Raqib zarbasi yo'liga Farruh Sayfiev to'g'onoq bo'ldi.

62. Sardor Rashidov hujumda qoida buzdi.

59. O'zgarish. "Al Taavon" safida o'ynayotgan Daydan va al Haza o'rniga Faysal Mutairi hamda Hassan Alamri tushirildi.

57. SHarkich to'pni Azizga uzatdi, Turg'unboevning zarbasini himoyachilar "bloklashdi". Hujum davom etishi mumkin edi. Lekin bosh hakam o'yin qoidasi CHeran tomonidan buzilganini aytdi.

55. Rashidovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

52. Sobirxo'jaev va Turg'unboev Sayfievni supermen deb o'ylashadi, shekilli. Ikka futbolchi ham Farruhga juda noqulay pas uzatdi.

49. "SHerlar" to'pni navbatdagi bor burchakdan o'yinga kiritishdi. Yana natijasiz.

46. "Paxtakor" vakillari 2-bo'limni boshlab berishdi. Jamoaning dastlabki hujumida SHarkich o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

45+4. Aziz o'z qanotida yana faol. U jarima zarbasi ishladi. Ammo, standart natijasiz yakunlandi.

45+3. Turg'unboev o'ng qanotda faollik ko'rsatib, to'pni markazroqdagi Sobirxo'jaevga uzatdi. Sardor esa SHarkichni birga bir vaziyatga chiqarmoqchi edi. Biroq, Oliver ofsaydda "uxlab qolgani" malum bo'ldi.

45+1 Tariq Muhammadanning jarima maydoni tashqarisidan tepgan to'pi yuksaklarga uchib ketdi.

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Sariq kartochka. 2-qavatda al Subhiga nisbatan qo'pollik ishlatgan Dragan CHeran ogohlantirildi.

43. Mustafo Fathiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

41. Raqib jarima maydoni tomon kirib borayotgan Rashidov o'yindan tashqari holatda ekan.

35. Dragan maydon markazida 2 futbolchini ustalik bilan aldab, to'pni Turg'unboevga oshirgan edi. Aziz offsaydda ekani malum bo'ldi.

32. Xavfli!!! Sardor Rashidovning jarima maydoni chizig'i ustidan bergan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

30. "Al Taavon" posboniga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda...

29. Odiljon Hamrobekovning uzoq masofadan boshi bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi.

28. CHeran Sardorni, u esa Farruhni oldinga boshladi. Sayfievning uzatmasini himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

26. Yaxshi! Mustafo Muhammad Fathini SHerzod Azamov zararsizlantirdi. Burchak zarbasi. 

24. Uuuuux! Rashidovning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

23. CHeranga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. "Paxtakor"da standart vaziyat.

22. To'p burchakdan o'yinga kiritildi. Aniqrog'i, Sardorlarning Rashidovi uni raqibga tuhfa qildi.

21. CHeranning SHarkichga uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. Burchak zarbasi.

Saudiyaliklarning niderlandiyalik ustozi Yozef Brom

20. Jamoalar navbati bilan xatotlashayotgani bois "pichoqqa ilinadigan" vaziyat bo'lmayapti.

16. CHeranning jarima maydoni ichidagi SHarkichga uzatmasini Mutaz Abdulrahman 2-urinishda egallab oldi.

15. "SHerlar"ning "Al Taavon" jarima maydoniga har ikki qanotdan oshirgan uzatmalariga zarba beradigan futbolchi topilmayapti.

12. Rashidov o'ng qanotdan o'ng oyoqda jarima maydoniga oshirgan to'pi raqib himoyachisiga borib tushdi.

11. Sardor Rashidov hujumda o'yin qoidasini buzdi.

7. CHeran jarima maydoni tashqarisidan raqib postini nishonga olishi mumkin edi. Biroq, himoyachilar Draganni zararsizlantirishdi.

6. Alijonov uzatgan to'pni CHeran darvozaga yo'lladi. Noaniq.

5. Raqibdan yana bir hujum. Kana jarima maydoni ichida Hamrobekovni aldab o'tdi, ammo to'pni Eldorbek Suyunov egallab oldi.

3. Ilk xavfli vaziyat "Al TAavon"da sodir bo'ldi. Xazza Ibrohim al Hazaning zarbasiga aniqlik etishmadi.

1. Uchrashuv start oldi. To'pni raqib futbolchilari o'yinga kiritib berdi.

Al-Taawoun

AFC Champions League Grp. D . 2-tur

11/04/2022, 01:15

1
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Khozhimat Erkinov - 83'

45'
90'
59'  Hazzaa Al-Hazzaa (Faisal Mohamed)
59'  Sumayhan Alnabit (Hassan Al Omiri)
77'  Mostafa Fathi (Nawaf Al-Rashwodi)
90'  Ryan Al Mousa
90'  Leandre Tawamba Kana
44'  Dragan Ceran
68'  Oliver Sarkic (Ikrom Alibaev)
68'  Azizbek Turgunbaev (Khozhimat Erkinov)
83'  Khozhimat Erkinov
83'  Ikrom Alibaev
88'  Ikrom Alibaev
90'  Sherzod Azamov
90'  Sardor Rashidov (Jasur Yakubov)

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика