"Nyukasl" "CHelsi" yoki "Manchester Yunayted" posboni bilan shartnoma tuzmoqchi
22 mar 2022 22:15
Yangiliklar
"Nyukasl" "CHelsi" yoki "Manchester Yunayted" posboni bilan shartnoma tuzmoqchi
Xabarlarga qaraganda, "Nyukasl" "CHelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga va "Manchester Yunayted" posboni Din Xendersonga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, "hakkalar" yozgi transfer oynasida darvozabonlardan birini qo'lga kiritish niyatida. Agar transfer amalga oshsa, yangi futbolchi "Nyukasl" darvozaboni Martin Dubravka bilan raqobatlashadi.
27 yoshli Kepa joriy mavsumda "CHelsi" safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol o'tkazib yuborgan. 25 yoshli Xenderson esa 3 ta o'yinda ishtirok etib, o'z darvozasidan 3 ta to'p olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar