"Numansiya" ustozi: "10 kishi bo'lib "Real"ga qarshi durangga munosib o'ynadik"
05 jan 2018 12:38
Yangiliklar
"Numansiya" ustozi: "10 kishi bo'lib "Real"ga qarshi durangga munosib o'ynadik"
"Numansiya" bosh murabbiyi Xagoba Arrasate "Real"ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya Kubogining 1/8 final ilk uchrashuviga izoh berdi.
O'z maydonida o'ynagan "Numansiya" javobsiz 3ta gol o'tkazib yubordi. "Real"ning ikkita goli penaltidan kiritildi, "Numansiya" esa 60-daqiqadan Pape Diamankining qizil kartochkasi tufayli bir kishi kam bo'lib o'ynadi.
"Biz g'azabdamiz, chunki hisob maydondagi harakatlarga munosib bo'lmadi. Hammasi bizga qarshi ishladi, natijada mana shunday hisob yuzaga keldi. Ammo 10 kishi bo'lib ham "Real" bilan durangga munosib o'ynadik" - deydi Arrasate.
Bu jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 10 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar