So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  0 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  7 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Nodir Eliboev: "Oldingidek, 1 yoki 2 ta o'yinni kutib yashayotganimiz yo'q. Har bir turda yaxshi raqobat bor" Yangiliklar

Nodir Eliboev: "Oldingidek, 1 yoki 2 ta o'yinni kutib yashayotganimiz yo'q. Har bir turda yaxshi raqobat bor"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev Qozog'istonga (2:1) qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

"O'yin haqida nima deyish mumkin, g'alaba har doim yoqimli. Yigitlar jarohat olganlarning yo'qligini bildirmadi, chunki biz bir jamoamiz. To'g'ri, kamchiliklarimiz ko'p. Yoqimli tomoni – o'yinchilarning ruhiyati. Qozog'iston o'z mavqeiga ega. Bunday jamoani yutaman deb tushish, hujum va himoyada to'g'ri qarorlar qabul qilish yoqimli albatta. Ishlashda davom etamiz. Keyingi o'yinda maydonga tushmagan futzalchilarga imkoniyat beramiz. O'rtoqlik uchrashuvlari shuning uchun ham kerak albatta. Maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish va bu yo'lda har bir o'yin bizni kuchli qilib boradi", – deydi Nodir Eliboev. 

- Islom Birdamlik o'yinlariga yo'l oladigan tarkib aniqmi?

- Bu borada biror narsa deya olmayman. Kuni kecha Jizzaxda chempionat o'yinlari bo'ldi, achinarlisi, 3 nafar o'yinchi jarohat oldi. Undan avvalgi Andijondagi bahslarda 2 nafari jarohat sabab safdan chiqqan edi. Har safar yangi yigitlar qo'shilmoqda. Masalan, Abdulla Solihov Husniddin Nishonovning o'rnini bosishga harakat qildi. Shavkat Ibragimov darvozabon Abbos Elmurodovning yo'qligini bildirmadi. Ularning o'rni bor, lekin yangi kelganlar maksimal harakat qilib yo'qligini bildirmayapti.

- Jarohatlar ko'payganining sababi nimada?

- To'g'risi, biror narsa deya olmayman. Abbos Elmurodov "Humo Arena"da o'tgan Superkubokda jarohat olgandi. U uzoq vaqtdan beri davolanmoqda. Davron Choriev masalasini ham bilasizlar. Yaqinda qaytadi. Hozir tubdan o'zgarishlar ketyapti, oldingidek, 1 yoki 2 ta o'yin kutib yashayotganimiz yo'q. Har bir turda yaxshi raqobat bor. Bunday to'qnashuvlarda jarohat olish tabiiy hol. Barcha maksimal kuchini beradi, jismoniy toliqish ortidan jarohatlar olinadi. Hechqisi yo'q. Bu ham yaxshilikka. Yangi kadrlarni tekshirib olishga, o'z ustimizda ishlashga imkon.

- Oldinlari 2 tadan o'yin o'tkazilardi. Bu safar Yaponiya bilan bir marotaba to'qnash keldik. Qozog'iston bilan bir bor o'ynadik. Bu kimning taklifi bilan bo'lmoqda? 

- O'tgan safar saralashga tayyorgarlik bo'lgani uchun Yaponiya terma jamoasi va O'zbekiston tomoni bitta xulosaga keldi, 2 ta o'yin ortiqchalik qilardi. Jarohat olishimiz, jismonan toliqishimiz mumkin. Qozog'iston bilan ikkinchi o'yinimiz yopiq bo'ladi. 

- Akbar Usmonov haqida...

- Akbar Usmonov Jizzaxda jarohat olgan. U jangchi, jarohatini berkitishga, borini berishga harakat qiladi. Terma jamoaga jalb qilindi. Jarohati chuqurlashmasligi uchun asrashga qaror qildik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика