Nkunku "Chelsi"ni tark etadi?!
13 iyu 11:35
Yangiliklar
"Ko'klar" ustozi Enco Mareska 27 yoshli francuzni markaziy hujumchi sifatida ko'rmayapti, ayniqsa, Joao Pedro va Liam Delap kelganidan so'ng.
Mavsum davomida italiyalik futbolchi Nkunkuni bir necha bor mashg'ulotlarda tayanch yarim himoyachisi sifatida qo'llab, uning "xarakterini sinab ko'rdi".
Hujumchining o'zi hujumga yaqinroq o'ynashni maqul ko'rmoqda, ammo bu poziciyani Koul Palmer egallab turibdi.
Avvalroq, Nkunkuning xizmatlariga "Inter", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani malum bo'lgandi. U yakunlanayotgan mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar