So’nggi yangiliklar

12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  2 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  2 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  18 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  22 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  3 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4

Nima uchun "Lokomotiv" 50 kundan so'ng maydonga tushdi? Klublar manfaatini o'ylayotgan PFL taqvimni klublar uchun tuzyaptimi? Yangiliklar

Nima uchun "Lokomotiv" 50 kundan so'ng maydonga tushdi? Klublar manfaatini o'ylayotgan PFL taqvimni klublar uchun tuzyaptimi?

Kecha "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko Pro ligadagi tanaffus va PFL tuzgan taqvim haqida fikr bildirib o'tdi. Murabbiyning gaplarida jon bor.

2 oy katta muddat

"Bunday mavzuni matbuot anjumanida gapirishim noto'g'ridir, lekin PFL taqvimni noqulay qilib qo'ygan. OKMK bita o'yin o'tkazishga ulgurdi, biz esa ikki oy deganda endi maydonga qaytdik. Katta tanaffusdan so'ng yana optimal holatga qaytish biroz qiyin bo'ldi

Bilasizki, futbol tilida o'yin tonusi degan narsa bor. 20 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazing, baribir rasmiy o'yinning o'rnini bosmaydi. Futbolchida munosabat boshqacha bo'ladi, natija bosh planga chiqadi. 2 oy esa bu juda katta muddat. Deylik, Yurgen Klopp Evropada, xususan, APLda o'yinlar ko'pligidan, taqvim zichligidan ko'p bor etiroz bildiradi. Lekin ularda barchasi aniq reja asosida ishlaydiki, murabbiylar rejani shunga qarab tuzadi, jamoasining jismoniy holatini o'sha davrga qarab to'g'rilab boradi. Biz ertaga nima bo'lishini bilmaymiz va boshimiz qotgan holda o'tiramiz. 2 oy vaqt davomida futbolchining jismoniy holatini bir maromida ushlab turish qiyin, mashg'ulotlar orqali ishlangan taqdirda ham", – dedi murabbiy.



Terma jamoa manfaatimi?

"Lokomotiv"dan, umuman, Pro ligadan terma jamoalarga katta miqdorda futbolchi chaqirilmaydi hisob. Demak, bu erda O'FAni bir chetga surib turamiz va hamma gap PFLda qolmoqda. Umuman, biz terma jamoa manfaati deb, doim chempionatga qarshi chiqamiz va bundan hali foyda ko'rmaganmiz. Ayrim erkatoy murabbiylarimiz kerak bo'lsa, 1 hafta, 10 kun oldin futbolchilarni yig'ib olishga odatlanishgan. Aslida jahon futbolida murabbiy FIFA kunida o'ziga ajratilgan kundan foydalanadi va belgilangan sanaga futbolchini taklif qiladi. Nima ular terma jamoa manfaatini o'ylamaydimi yoki natija kerak emasmi? Mavzudan chetga chiqmaymiz va Pro ligaga qaytamiz. Bu erda PFL obdon o'ylab reja qilishi kerak. 

Taqvim 

"Lokomotiv" so'nggi marotaba 10 iyun kuni rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan va shundan keyin yozgi tanaffusga hammadan erta chiqib ketgan. Xuddi shunday "Dinamo" ham. Orada bitta bo'lsa ham kubok uchrashuvi borki, murabbiylar loaqal shundan xursand bo'lib turishibdi. Endi "temiryo'lchilar" navbatdagi rasmiy uchrashuvini 19 avgust kuni "Andijon-SGS"ga qarshi o'tkazadi. Kubok uchrashuvlari sabab o'yinlar ko'chirilgan. 8 avgust kuni o'tkazish kerak deyilsa, shu kuni SHohruh Ishanov shogirdlari "Aral" bilan o'ynaydi. 


Klublar manfaatini o'ylayotgan PFL taqvimni klublar uchun tuzyaptimi?

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика