So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  0 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  6 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  5 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Nikola Lazarevich: "Paxtakor" yoki "Nasaf" deysizmi? Mavsum yakunida "Qizilqum" chempion bo'ladi" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "Paxtakor" yoki "Nasaf" deysizmi? Mavsum yakunida "Qizilqum" chempion bo'ladi"

Superliga 9-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (5:0) uchrashuvidan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin o'tkazdik. "Nasaf" kuchli jamoa, yaxshi shakllangan. Bugun ular o'yin davomida ko'proq ustunlikka ega bo'lishdi. Bu jamoa o'tgan mavsumda OFK kubogi finalida o'ynagan, bu mavsumda OCHLda ishtirok etayapti. Ularga navbatdagi bosqichlarda omad tilayman. Ochig'ini aytganda, "Navbahor" va "Nasaf" bilan o'yinlarda biz juda kuchsiz ko'rindik. Boshqa o'yinlarda bunday xolat kuzatilmagandi.

Klubimiz rahbariyatida juda yaxshi insonlar faoliyat olib borishadi. Rahbariyat bizga yuqori o'rinlar uchun kurasha oladigan jamoa shakllantirish vazifasini qo'ygan. Mening jamoadagi o'rnim ham shunga bog'liq.

- Sizningcha, joriy mavsumda "Paxtakor" chempion bo'ladimi yoki "Nasaf"mi?

- "Paxtakor" yoki "Nasaf" deysizmi? Mavsum yakunida "Qizilqum" chempion bo'ladi (kuladi). Ha, to'g'risini aytganda "Paxtakor" va "Nasaf" juda kuchli jamoalar. Ularda poydevor bor, akademiyalari juda yaxshi shakllangan. 

Bilasizmi, bugun bizda ayrim tajribali futbolchilar ham yosh bolalarcha xatoliklarga yo'l qo'yishdi. Standart vaziyatlarda ham yaxshi ishlay olmadik.

- Ignatiy Nesterov nega bugun maydonga tushirilmadi?

- Bizda yo'qotishlar bor. Nesterovda bir oz shamollash kuzatildi. SHu sababdan uni maydonga tushira olmadik.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика