Nikola Lazarevich: "Hisob o'yinga mos bo'ldi"
17 mar 2022 22:11
Yangiliklar
Nikola Lazarevich: "Hisob o'yinga mos bo'ldi"
Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng navoiyliklar ustozi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin kutganimizdek kechdi. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Raqib to'pni yaxshiroq nazorat qildi. Durang adolatli natija. Qadam-baqadam oldinga intilishimiz shart. Hozirdanoq navbatdagi o'yin haqida o'ylashni boshlaymiz.
Turnir jadvalida birinchi o'rindamiz. Ortiqcha hissiyotlarga berilmaymiz. Hozirlikni kuchaytiramiz.
"Dinamo" va biz o'z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Demak, hisob o'yinga mos bo'ldi. Tarkibda yosh futbolchilar o'ynar ekan, o'zini ko'rsatishi uchun ikki hissa kuch bilan harakat qiladi", – deydi Lazarevich.
O’xshash yangiliklar
15:00
"Qizilqum" Dilshod Komilovga o'rinbosarlar jamoasi mashg'ulotlarida qatnashishga ruxsat berdi 2
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar