Neymar Saudiya Arabistonida Ronaldu va Benzema bilan bo'ladigan raqobat haqida gapirdi
17 avg 2023 09:13
Yangiliklar
Neymar Saudiya Arabistonida Ronaldu va Benzema bilan bo'ladigan raqobat haqida gapirdi
"Al Hilol" futbolchisiga aylangan Neymar yangi jamoaga o'tgach, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bularning barchasini Krishtianu Ronaldu boshladi va hamma uni aqldan ozganga chiqardi. Bugun esa liga yanada kuchayib borayotganini ko'rib turibsiz. Liga juda katta raqobatga ega bo'ladi, ayniqsa yozgi transferlardan so'ng. Raqobat muhim deb hisoblayman. Mana nima uchun men ligaga qo'shildim. CHorlovlar meni harakatga keltiradi. Men liganing rivojlaniishi uchun keldim.
Boshqa jamoalardagi yuqori saviyali futbolchilar bilan o'yinlar hayajonga soladi va yanada yaxshii o'ynashga motivaciya beradi. Ronaldu, Benzema, Firminoga qarshi o'ynaganingizda hayajon yanada kuchayadi.
SHuning uchun ushbu ligada ekanligimdan xursandman, ular bilan uchrashish fantastik bo'ladi", - dedi Neymar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar