Neymar PSJ bilan kelishuvga erishdi. Uning yillik maoshi 30 mln. evro bo'ladi
22 iyu 2017 15:46
Yangiliklar
Neymar PSJ bilan kelishuvga erishdi. Uning yillik maoshi 30 mln. evro bo'ladi
Braziliyalik Parij klubi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Malumotlarga ko'ra, futbolchi PSJ rahbariyatiga, ularning klubiga o'tishga tayyorligini bildirgan. Demak, Franciya klubi "Barselona"ga Neymarning shartnomasida ko'rsatilgan 222 mln. evro tovon pulini to'laydi.
25 yoshli Neymar otasi orqali PSJ bilan muzokaralar o'tkazdi. Tomonlar kelishuvga erishishdi. Braziliyalik tez orada Franciya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va uning yillik maoshi 30 mln. evro bo'ladi. SHu bilan birga, Neymar bu klubga o'tgani uchun katta bonus mablag'iga ega chiqadi.
Agar transfer amalga oshsa, bu futbol tarixidagi rekordga aylanadi. Ayni damda rekord transfer "Manchester Yunayted"ga tegishli. Ular 2016 yilda "Yuventus"ga 105 mln. evro to'lab, Pol Pogbani xarid qilishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar