Neymar jarohat sababli Braziliyaning mart oyidagi o'yinlariga yordam bera olmaydi. Uning o'rniga Real futbolchisi chaqirildi
15 mar 08:27
Yangiliklar


Neymar jarohat sababli Braziliyaning mart oyidagi o'yinlariga yordam bera olmaydi. Uning o'rniga Real futbolchisi chaqirildi
Braziliya futbol federaciyasi (CBF) matbuot xizmati 33 yoshli hujumchi Neymar tibbiy sabablarga ko'ra terma jamoaning bo'lajak o'yinlarida ishtirok eta olmasligini malum qildi.
Avvalroq Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior 33 yoshli futbolchini JCH-2026 saralashida Kolumbiya (21 mart) va Argentina (26 mart) bilan o'yinga chaqirgandi.
Qayd etilishicha, bunday qarorga Braziliya terma jamoasi tibbiy shtabi kelgan. Bundan tashqari, CBF xabariga ko'ra, «Manchester Siti» darvozaboni Ederson ham jarohat sababli mart oyidagi o'yinlarda ishtirok etmaydi. Neymarning o'rniga Braziliya terma jamoasiga «Real Madrid» hujumchisi Endrik chaqirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar