So’nggi yangiliklar

12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  0 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  0 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  1 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  1 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  3 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0

OCHL. "Navbahor"dan Neymar boshchiligidagi "Al Hilol"ga qarshi bahsda sensaciya! Yangiliklar

OCHL. "Navbahor"dan Neymar boshchiligidagi "Al Hilol"ga qarshi bahsda sensaciya!

"Al Hilol" hamda "Navbahor" o'rtasidagi OCHL guruh bosqichi 1-tur o'yini yakunlandi.

"Al Hilol" - "Navbahor" 1:1

Gol: 0:1 — 52, Toma Tabatadze, 1:1 — 90+10, Ali Al Bulayhi.

"Al Hilol": 21.Muhammad Alovais, 5.Ali Al Bulayhi, 7.Salmon Al Faraj (28.Muhammad Kanno, 74), 8.Ruben Nevesh (14.Abdulloh Al Hamddan, 89), 9.Aleksandar Mitrovich, 10.Neymar, 12.Yosir Al SHahroni (16.Nosir Al Davsari, 74), 66.Saud Abdulhamid (14.Abdulloh Al Hamddan, 89), 77.Malkom Oliveira, 87.Hassan Tambakti, 96.Maykl Delgado

Zaxira: 31.Habibi Al Vatyan, 40. Ahmad Abu Rasyin, 2.Muhammad Al Burayk, 4.Halifa Al Davsari, 11.Solih Al SHahri, 32.Muteb Al Mufarrij, 56.Muhammad Al Qahtoni, 70.Muhammad Jafali

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 14.Jamshid Boltaboev, 22.Igor Golban, 10.Jamshid Iskanderov, 17.Abror Ismoilov (21.Temurxo'ja Abduholiqov, 70), 13.Filipp Ivanovich, 5.Milosh Milovich, 77.Asadbek Sobirjonov (19. Doniyor Abdumannopov, 53), 91.Toma Tabatadze (31.Luka CHermel, 83), 7.Oston O'runov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev (8.Jasur Yaxshiboev, 83).

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 4.Azim Ahmedov, 16.Bo'riev, 27.SHahboz Jo'rabekov, 24.Davron Hoshimov, 20.Muzaffar Mo'minov, 90.Davron Olimjonov.

Ogohlantirish: Filipp Ivanovich (28), Neymar (60)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Rahmat, ajoyib o'yin uchun, "Navbahor", sizlar g'alabaga loyiq edingizlar!

90+10. GOL! Ali Al Bulayhi hisobni tenglashtirdi. Himoyachi bu lahzalarni 33 yil-u 100 daqiqa kutgandi.

99. Neymarning raqib jarima maydonidagi dod-voy qilgan ovozini eshitib, "Ummon" guruhining qadriga eta boshladim.

97. Yusupovdan superseyv! Mana, shoirlar, kimga atab sher yozish kerakligini bilib oling!

90. Ikkinchi bo'limga 14 daqiqa qo'shib berildi. Unaqamas-da, bir mamlakatda istagancha o'yin vaqtini cho'zadi, boshqasida valyuta cheklamoqchi bo'ladi.

90. "Navbahor" futbolchisidan ajoyib fint! Bir narsani aniqlashtirib olaylik, Neymar ko'k libosda o'ynayaptimi yoki oqda?

89. Yaxshiboev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda uchrashuvga nuqta qo'yish o'rniga vergul qo'ya qoldi.

88. Yusupov! Darvozabonimiz "Jumong" serialidagi Xay Mosoni singari barcha zarbalarga ko'ksini qalqon qilmoqda. 

86. Saud Abdulhamid qulay vaziyatda bir murabbiy tabiri bilan aytganda, "iii" qilib qo'ydi.

83. Hamyurtlarimiz ikki o'zgarishga qo'l urdi.

80. O'tkir Yusupov raqib hujumini yo'qqa chiqardi va open byudjetda g'alaba qozongan singari o'zidla yo'q xursand bo'lmoqda.

74. Mezbonlar tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi. 22 ta o'zgarish qilmaydi menga desa, baribir foydasi yo'q.

69. To'g'ri manoda Oliveiraning energiyasi ham, kuchi ham ko'p ekan. Aytgancha, yurtimizda paxta terish mavsumi boshlandi.

63. Abdumannopov qanotdan katta tezlikda oldinga bordi. O'yindan so'ng unga YPXdan jarima qog'ozi kelsa, ajablanmayman.

60. Neymar ortiqcha emociyalarga berilgani uchun ogohlantirildi. Hujumchi Namanganga borishni o'ylamayapti shekilli.

55. O'runov qanday vaziyatni ko'kka sovurdi... Iltimos qilaman, 10 soniya quloqchiningizni taqib turing... Bo'ldi, endi olavering, ancha engil tortdim, davom etamiz.

52. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Tabatadze!!! Mana senga Neymar! Mana senga "Al Hilol"! Mana senga... Hamkasbim ertalab joyida ko'rinmagan chashkasi uchun meni kechirsa kerak deb o'ylayman...

51. Neymar Golban tomonidan yiqitildi. Braziliyalik futbolchi bugun zaxirada qolgan Davron Hoshimov butsasining mazasini tatib ko'rmagan-da hali. Aks holda u bilan suratga tushgani 16-kasalxonaga yo'l olaverardik.

49. Neymar qanotda to'pni to'xtatishda futbolga umuman qiziqmaydigan jiyanim singari harakat qildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Babayan o'yin yakunidan keyin maydon chimini o'pmasa, hisobmas.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Mitrovich jarohat oldi. Unga bir kun davomida telekanallarimizni tomosha qilishni tavsiya qilaman.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Neymar maydonda ekan. U Yo'ldoshevning oldiga borishdan cho'chibb, bir chekkada pisib yuribdi ekan.

42. "Navbahor" bir muddat oldinga o'tdi-yu, yana yopilib oldi. Ushbu holat yurtimizda bugun sodir bo'lgan bir jarayonni eslatib yubordi.

38. Delgadoning zarbasiga atigi 10 metr aniqlik etishmadi.

37. Yo'ldoshev biroz avval boshlangan kurashni davom ettirdi va Neymarni ko'kragini yana erga tekkazdi.

30. Neymardan zarba... Jon deb unga ko'zoynagimni sovg'a qilardim-u, o'zimgayam kerak-da.

28. Ivanovich Babayanning raqibni to'xtatish kerak degan buyrug'ini boshqacha manoda tushunib yuboribdi. Jarima zarbasi.

26. Uxxx! Mitrovich xavfli zarba yo'lladi. Birinchi jumlam yomon so'z emas, attang degani.

21. O'runov Ibragimovich singari gol urishga urinib ko'rdi, biroq yo uning zarbasi balandroq ketdi, yo darvoza kaltalik qildi.

16. Golban jamoasini goldan asrab qoldi.

13. Ali Al Bulayhidan murabbiyining ko'rsatmasiga rioya qilgani uchun darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Biroq murabbiy unga to'pni tep degandi.

7. Neymar Yo'ldoshev bilan milliy kurash bo'yicha bellashdi. Hamyurtimiz yutib chiqdi.

4. 20 ta futbolchi "Navbahor" jarima maydonida joy talashmoqda, Neymar esa burchakda 20 ta fotografni ishga solgan holda suratga tushmoqda. 

1. Hakam hushtagini chalishi bilan futbolchilar to'pni do'pposlay boshladi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun "Al Hilol" ko'k, "Navbahor" esa oq rangli libosda harakat qiladi.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Birozdan so'ng dahshatli o'yin start oladi. Ujas kinomas, shunchaki futbol uchrashuvini nazarda tutdim. Biroz avval OKMK ishtirokidagi uchrashuvlarni oxiri sigirga qofidosh so'z bilan yakunalanadigan tabletkalar og'ushida yakunlab oldik. "Nasaf"ning yosh futbolchisi esa Zafarmurod Abdirahmatov esa Habibning Konorga qilgan ishini takrorladi. O'ylaymanki, mazkur o'yinda ham futbolni tushida ko'rayotgan dorixonachilarni bezovta qiladigan natija qayd etmaymiz. 

Reyting: +90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика