Neymar - 2014 yilda agentiga: "Men deyarli "madridchi"man. Olg'a, "Real"!
08 fev 2016 16:41
Yangiliklar
Neymar - 2014 yilda agentiga: "Men deyarli "madridchi"man. Olg'a, "Real"!
"Barselona" hujumchisi Neymar 2014 yilda "Real" agenti Yuni Kalafatuga qiziq xabar yozib yuborgan.
Malumotlarga ko'ra, ispan grandida Janubiy Amerika murabbiy-selekcioneri bo'lib ishlagan Kalafat Neymar 14 yoshligida u bilan muloqot qila boshlagan. Kalafat uni "Real"ga olib kelmoqchi edi, ammo transfer amalga oshmadi. 2014 yilda Kalafat oilaviy bayram uchun Madridga uchib ketadi va "What'sApp" orqali Neymardan quyidagi ko'rinishda xabar oladi: "Yuni, yaxshi etib oldingizmi? Men deyarli "madridchi" bo'lganligimni bilasizmi? Olg'a, "Real"!
Neymar 2013 yilning yozida "Barselona"ga o'tadi. Bungacha "Real" prezidenti Florentino Peres braziliyalik uchun 101 mln. evro taklif qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar