Negredo: "Neymar - aqldan ozgan, uning keyingi harakatini bilishning iloji yo'q"
22 may 2016 17:12
Yangiliklar
Negredo: "Neymar - aqldan ozgan, uning keyingi harakatini bilishning iloji yo'q"
"Valensiya" hujumchisi Alvaro Negredo "Barselona" hujumchilari Luis Suares, Neymar va Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Barselona"ni qanday to'xtatish lozim? Ko'p ishlash, maydonda kurashish va omadli bo'lish kerak. Agar "Barselona"ning biror futbolchisi yaxshi harakat qila olmayotgan bo'lsa, ularda ajoyib o'yin ko'rsatadigan yana uch futbolchi bor.
Neymarga qarshi o'ynash juda qiyin, chunki u aqldan ozgan. Uning keyingi harakatini bilishning iloji yo'q. Messi haqida ham shunday deyish mumkin. Uni o'ng tarafdan to'xtatishga ishonsangiz, Leo chapdan aylanib o'tadi.
Harakatchanligi va kuchi tufayli Suares nima qilishini oldindan bilib bo'lmaydi. Luisni jahondagi eng kuchli hujumchilardan biri deyish uchun uning ustunlik tomonlari ko'p" - deydi Negredo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar