Nega Beyl "Leganes"ga qarshi o'ynamadi?
26 jan 2018 12:21
Yangiliklar
Nega Beyl "Leganes"ga qarshi o'ynamadi?
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Leganes"ga qarshi Ispaniya Kubogi chorak final javob uchrashuvida maydonga tushmadi.
Bunga jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan uelslik yana jarohat olishidan qo'rqqani sabab bo'ldi.
Beyl 2013 yilda ispan grandi safiga o'tgan bo'lsa, o'sha vaqtdan beri turli shikastlanishlar tufayli jamoaning 36% uchrashuvlarini o'tkazib yuborgan. Bu vaqt ichida Uels terma jamoasi futbolchisi 19 marta jarohat olgan. Joriy mavsum uning chap va o'ng oyoqlarida mushak muammolari aniqlandi. Zidanning fikricha, Beyl katta yuklamalar tufayli jarohatga moyil bo'lib qolgan. SHu sababli franciyalik mutaxassis uni haftada bir marta maydonga tushirishni reja qildi.
"Qirollik klubi" ikki uchrashuv natijasiga ko'ra "Leganes"ga mag'lub bo'lib, Ispaniya Kubogini tark etdi.
Fikrlar