So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  0 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  4 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  5 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  89 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12

"Neftchi". Mo'minjonovdan nima qoldi? Yangiliklar

"Neftchi". Mo'minjonovdan nima qoldi?

Ilhom Mo'minjonovning Farg'onadagi sarguzashtlari roppa-rosa 1,5 yil davom etdi...

O'FA Etika qo'mitasi tomonidan 5 yilga chetlatilgan mutaxassis 2020 yilning oxirida "Surxon" klubining kafilligi bilan katta futbolga qaytdi va darhol "Neftchi" bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

U baquvvat, boy klubga kelmadi. Jamoa 21-asrning 20-yilida ham quyidagi avtobusdan foydalanar edi

Lekin mutaxassisga yaxshi ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. U istagan futbolchilar olib kelindi. Mavsum startida "Neftchi"ning tarkibi va smetasi qolgan jamoalardan 1 boshga ustun edi.

Tabiiyki, Pro liga chempionligi muddatidan oldin tantana qilindi. "Neftchi" elitaga qaytdi!

SHundan keyin toshentlik mutaxassis ko'pchilikka javob berib, yangi jamoa tuzishni boshladi. Katta transferlar amalga oshirildi.

Qishda "SHinnik" (Rossiya) bilan nazorat o'yinidan oldin Ilhom akaning o'zi bilan suhbatlashgandik. Niyatlari rostan ham katta, medallar uchun kurashmoqchi edi.

Lekin o'xshamadi. Omad tamomila farg'onaliklardan yuzini burgandi. Qizil kartochka tufayli boshlangan yo'qotishlar jarohatlar epidemiyasiga ulanib ketdi. Qolaversa, bu natijada ham aks etdi. 

Birinchi davra yakunida "Neftchi" hisobida atigi 11 ochko bor. Klub Pro ligaga tushib ketish uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Tarixga nazar solsak, farg'onaliklar faqat 2 marta mavsumni bundan yomonroq boshlashgan. SHu tufayli 43 yoshli mutaxassis istefoga chiqarildi

So'zimiz oxirida Mo'minjonovning "Neftchi"dagi faoliyatiga raqamlar bilan to'xtalamiz.

41 o'yin: 19 g'alaba, 9 durang, 13 mag'lubiyat. Yani, jamoa har o'yinda o'rtacha 1,6 ochko ishladi.

Eng yirik g'alaba "Dinamo" ustidan qo'lga kiritilgan (6:0). Eng ayanchli mag'lubiyat esa AGMK bilan O'zbekiston kubogi nimchorak finalida ro'y bergan (6:1).

Ilhom Mo'minjonov bilan tuzilgan shartnoma 2024 yilning oxiriga qadar mo'ljallangan, reja bo'yicha u klubni OCHLga olib chiqishi kerak edi...

obuna bo'ling → "Futbol analizi"

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика