So’nggi yangiliklar

16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  8 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1

"Neftchi": "Hokim Kubogi"ni g'alaba va durang bilan boshladik Yangiliklar

"Neftchi": "Hokim Kubogi"ni g'alaba va durang bilan boshladik

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi “Hokim Kubogi-2017” turniridagi yurishini boshladi.

Turnirda “Neftchi-2” nomi ostida ishtirok etayotgan Bahrom Haydarov boshchiligidagi yoshlarimiz ilk o'yinda “Yozyovon-Lochinlari” jamoasini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Mazkur o'yinda “Neftchi-2” safidan Xurshid Asqaraliev hamda Otabek Isroilovlar bittadan to'p kiritishgan bo'lsa zahiradan maydonga tushgan Rizo Ayvazov dubl qayd etdi. Zohid Ismoilov va Islom Nazirovlar yozyovonliklarning ikki to'piga egalik qilishdi. 4:2.

Kunning ikkinchi qismida yana bir o'yin bo'lib o'tdi. Unda asosiy tarkib futbolchilarimizdan jam bo'lgan “Neftchi-1” vakillari “Istiqlol”ga qarshi o'ynashdi. Qirgulidagi bahsni tomosha qilish uchun stadionga ko'plab muxlislar kelganini aytib o'tish mumkindir. Uchrashuv g'oyat qiziqarli va keskin raqobatga boy o'tdi. Farg'ona shahrining ikki jamoasi o'rtasidagi o'zi xos derbida kuchlar teng keldi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. O'yindagi gollar ikkinchi 45 daqiqalikda kuzatildi. Dastlab zahiradan maydonga tushgan Javohir Rasulov hisobni ochgan bo'lsa keyinroq Abdulaziz Jo'raboev “Neftchi-1” darvozasiga gol kiritdi.

 

28 yanvar. 2017. Qirguli.

“Neftchi-1” – “Istiqlol” 1:1

Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov (barchasi Andijon shahridan)

Gollar: Javohir Rasulov – 1:0, Abdulaziz Jo'raboev – 1:1

“Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, Furqat Hasanboev, Husniddin G'ofurov, Muhsin Ubaydullaev, Dilyor Irmatov, Umid Qodirov, Muzaffar Muzaffarov, Abdurahmon Abdulhaqov, Abbos Maxstaliev, Said Abdujabborov, SHerzod Hakimov
Zaxira: Abdusattor Obidov, Sardor Qulmatov, Javohir Rasulov, Siroj Ro'zimetov, Abdujamol Isroilov, Damir Nizanov, Mo'ydin Mamazulumov

“Istiqlol”: Alisher Faxriddinov, Aziz Madaliev, Bobur Aminjonov, Karim Madaliev,Isroil Muxtoraliev, Jamshid Xolimov, Rustam Abduhamidov, Davlat Yorbekov, SHarif Mirzaev, Xoshimjon SHokirov,
Zaxira: Kazbek Ortiqboev,Alisher Fayzullaev, Abdulaziz Jo'raboev, Jamshid Abdujalilov,Doston Bobojonov, Faxriyor O'rinboev, Davron Qoraboev

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика