So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Nazorat o'yini. AGMK Turkmaniston milliy terma jamoasini mag'lub etdi Yangiliklar

Nazorat o'yini. AGMK Turkmaniston milliy terma jamoasini mag'lub etdi

Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi dastlabki nazorat bellashuvida AGMK jamoasi Turkmaniston milliy terma jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazdi.

Murabbiylar shtabi har ikkala taymda turli tarkiblarni tushirgan holda barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi. Mirjamol Qosimov va Farhod Imamov jarohati bois mazkur o'yinda ishtirok etolmadi.

Birinchi taymda jamoalar keskin kurashlarga boy o'yin taklif qilishdi. Har ikkala jamoaning hujum guruhi mudofaa chizig'i vakillarining to'sig'idan o'tishga muvaffaq bo'lishmadi va natijada jamoalar tanaffusga 0:0 hisobi bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymda AGMK uchrashuvda yagona bo'lgan golni urishga muvaffaq bo'ldi. Jarima zarbasidan Erkin Baydullaev to'pni qanotga Xojimat Erkinovga uzatdi, Erkinovning jarima maydonchasi ichiga uzatmasini esa Mate Vatsadze aniq zarbasi bilan golga aylantirdi - 1:0! Bu gol Mate Vatsadzening norasmiy debyut goliga aylandi.

Mazkur gol bahs so'nggiga qadar yagonaligini saqlab qoldi. SHu tariqa jamoamiz Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi ilk nazorat o'yinida g'alabani tantana qildi.

Nazorat uchrashuvi

02.02.2020

AGMK — Turkmaniston 1:0

Dubay, «Jebel Ali Sport Centre»

Gol: Mate Vatsadze (55)

AGMK (4-3-3) — Suhrob Sultonov - Akmal SHorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov - Yovan Jokich, Sanjar Tursunov, Murod Toshmatov - Arslonmirat Amanov, Zafar Polvonov, Elguja Grigalashvili.

Ikkinchi bo'limda tushgan tarkib — Roman Abdulov - Mirg'iyos Sulaymonov, Dilshod Jo'raev, Bobur Yo'ldoshev, SHeroz Jalolov - Erkin Baydullaev, Jasur Umarov - Saydullo Toshpo'latov, SHahzod Nurmatov, Xojimat Erkinov - Mate Vatsadze.

Turkmaniston — Raxat Japparov, Mekan Ashirov, Ata Geldiev, Oraz Ataev, Moychamberdi Goshanov, Bayramberdi Nurliev, Nazar Tovakelov, SHatlik Gurbanov, Meylis Diniev, Ixlos Magtimov, Yazgilich Gurbanov.

Zaxiradagilar: Muxammet Ovezov, Gurbanmirat Garaev, Ashirgeldi Sariev, Dovran Berdiev, Sayat Gulliev, Ali Borjakov, Yakub Magsatov, Batirgilich Berdiev, Murat Amantaganov, Davr Seyitmuhamedov, SHamdimet Xidirov, Batir Tachnazarov.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика