So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

"Navro'z kubogi". Finalchilar malum Yangiliklar

"Navro'z kubogi". Finalchilar malum

Qashqadaryo Viloyat futbol federaciyasi tomonidan ananaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Navro'z kubogi-2017" musobaqasining 1/4 final uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Sunnat SHaymardonov murabbiyligidagi "SHo'rtan-FM" jamoasi yosh olimpiyachilarga qarshi kechgan bahsda raqiblari darvozasiga javobsiz ikki to'p kiritib 2-0 hisobida ustun kelishdi.  

SHunday qilib yosh g'uzorlik futbolchilar finalga yo'l olishdi.

"Nasaf" futbol maktabi sunxiy qoplamali futbol maydonida Azamat Aliqulov shogirdlari yani "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan iborat "Nasaf-2001"  jamoasi Qarshi qurilish kolleji  "Turon" jamoasiga qarshi maydonda saf tortishdi.

O'yin kutilgandek, "Nasaf-2001"ning ustunligida o'tdi. Uchrashuv davomida jamoa ustozi Aliqulov tarkibga bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Masalan, ko'pincha zaxirada qolib ketaetgan  ayrim futbolchilarga  imkon berildi.

A. Jo'raqulov, M Qosimov va J.Matqurbonovlar  maydonga tushirildi. Imkoniyatdan umumli foydalangan har uch yosh futbolchilar tez orada mehmonlar darvozasiga urilgan olti goldan to'rttasiga mualliflik qildi. Uchrashuv yakunida  hisob 6-3  ko'rinishida yakun topdi.

SHu o'rinda aytish joiz, "Nasaf-2001" jamoasi hujumchisi Asad Jo'raqulov ushbu musobakada barcha uchrashuvlarda zaxiradan maydonga tushib sermahsul o'yin ko'rsatib maydonni golsiz tark etmayapti va jamoa to'purari hozircha turnirda urgan gollari soni ettitaga etdi.
Jamoa darvozaboni A.Nematov O'zbekiston (U-16) terma jamoasi asosiy darvozaboni hisoblanadi.


 
Baxsda "Nasaf-2001" jamoasi quyidagi tarkibda maydonga chiqishdi:
A.Nematov, S.Raxmanov, M.Saidaxmedov, SH. Erkinov, A. Davronov, SH.Komilov, A.Turdialiev,(s) SH.Nuriddinov, SH.Xoldoraliev,  E.Jorekulov, A.Xusanov.
zaxiradan maydonga tushganlar: A. Jo'raqulov, M.Qosimov, J. Matkurbonov.

Gollar: SH.Xoldoraliev 2, A.Jo'raqulov 2, J. Matqurbonov, M. Qosimov

Azamat Aliqulov ("Nasaf-2001" murabbiyi)- Albatta, o'yindan ham, natijadan ham ko'nglim to'ldi. Ammo yirik hisobdagi g'alabani, ochig'i kutmagadim.

Raqiblar o'yini o'rganib chiqib, qarshi hujum taktikasi bizga qo'l kelishi mumkin, degan xulosaga kelgandim. Bu reja ish berganidan xursandman. Xoldoraliev va  Jo'raqulovni "dubl"lari esa barchamizni quvontirdi. Bu- qilgan mehnatlarimizning samarasi. Umid qilamanki, oldin am aytganimdek, jamoamiz bilan finalga etib keldik.

Bugun "Nasaf-2001"- "SHo'rtan-FM" jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi "Nasaf" futbol maktabi suniy qoplamali maydonida soat 10:00 da boshlanadi.

Uchinchi o'rin uchun kechadigan "Olimpiya-2001" - "Turon" jamoalari bahsi Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida soat 10:00da bo'lib o'tadi.

Yarim final
"SHo'rtan-FM"(Guzor)- "Olimpiya-2001" (Qarshi) 2-0
"Nasaf-2001" (Qarshi) - "Turon"(Qarshi) 6-3



Fahriddin CHoriev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика