So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  1 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Navoiylik muxlislar Buxoroga boradi Yangiliklar

Navoiylik muxlislar Buxoroga boradi

Xabaringiz bor, milliy chempionatimiz oliy ligasining 9-turida Navoiyning "Qizilqum" jamoasi "Buxoro" futbolchilari mehmoni bo'ladi.
Mazkur uchrashuv 16 may kuni Buxoro shahrida o'tkaziladi.

Oxirgi turda o'z maydonida "Qo'qon-1912" jamoasidan (3:1) ustun kelgan konchilardan muxlislar navbatdagi o'yinda ham g'alaba kutishmoqda. SHu bois, navoiylik muxlislar "Qizilqum" jamoasini Buxorodagi uchrashuvda  ham stadionda turib qo'llab-quvvatlashni rejalashtirishgan. "Qizilqum" ishqibozlar klubi tashabbusi bilan  ikki yuzdan ziyod muxlis "Buxoro" sport majmuasiga safar qiladi.

Navoiylik ishqibozlarga qulayliklar yaratish maqsadida  Navoiy shahridan maxsus avtobuslar qatnovi uyushtiriladi.  Rejaga ko'ra, "Qizilqum"  jamoasini Buxorodagi uchrashuvda qo'llab-quvvatlashni xohlovchi muxlislar Navoiyda "So'g'diyona" stadioni oldida to'planishadi. Avtobuslar 16 may kuni soat 12.00 da Navoiydan yo'lga chiqadi. Bu tashabbus "Qizilqum" PFK tomonidan maqullandi va avtobuslar muxlislar uchun tekin xizmat qiladi.

Murojaat uchun telefon - +998913333773.

Eslatib o'tamiz, "Buxoro" - "Qizilqum" jamoalari bahsi 16 may kuni soat 18.30 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика