So’nggi yangiliklar

09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  0 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  1 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  8 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   1 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  11 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  15 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1

"Navbahor": No'mon Hasanov nima uchun uzr so'ragandi? Yangiliklar

"Navbahor": No'mon Hasanov nima uchun uzr so'ragandi?

22-turdan o'rin olgan “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv keskinligi va tortishuvli vaziyatlarga boy ekanligi bilan yodda qolgandi.

Etiborli jihati, o'yindan keyin ham ayrim davralarda bu boradagi bahs va munozaralar davom etmoqda. SHu kuni “Paxtakor” klubi hamda milliy terma jamoamiz posboni Aleksandr Lobanovni amalga oshirgan xatti-harakatlari namanganlik muxlislarning kayfiyatiga tasir ko'rsatdi. Uchrashuvda hisob ochilgach, Lobanovni tomoshabinlarga qarata ahmoqona qiliqlarni namoyish etgan. Bu kabi xatti-harakatlarni esa professional futbolchiga xos emasligi barchaga malum. Aslini olganda o'yingohning boshqa sektorlaridan o'tirgan muxlislar Lobanovning ishqibozlarga qarata amalga oshirgan harakatini ko'rmagan bo'lishlari tabiiy hol. Ammo, darvoza orti va uni atrofidagi tomoshabinlar holatni o'z ko'zlari bilan ko'rishgan.

Oradan bir necha kun o'tgan bo'lsada, ushbu holat borasida muxlislar o'rtasidagi bahs va munozaralar yakuniga etganicha yo'q. Ayrim ishqibozlar bizga murojaat qilib, Lobanovning xatti-harakati uchun qanday jazo ko'rildi degan savollarni ham o'rtaga tashlashdi. Bizdagi malumotlarga qaraganda, Lobanov masalasi “Paxtakor” jamoasining ichki yig'ilishida ko'rib chiqilibdi ekan.

Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Paxtakor” bosh murabbiyi No'mon Hasanov Lobanovning xatti-harakati borasida berilgan savolga quyidagicha javob qaytarib, namanganlik muxlislardan Aleksandrning xulqi uchun uzr so'ragandi: Lobanovning xatti-harakati uchun o'zim kechirim so'rayman. Uni o'yingohda muxlislarga behurmatlik qilganligini gaplaringizdan bildim. Bu masala yuzasidan ertaga yig'ilish o'tkazib, darvozabonning xulqini ko'rib chiqamiz. Yana bir bor uzr.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика