So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   7 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

"Navbahor" jazolanishi mumkin Yangiliklar

"Navbahor" jazolanishi mumkin

"Paxtakor" O'zbekiston kubogini chorak finalda tark etdi.

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 17', Jamshid Iskanderov - 51'

O'zbekiston kubogi . 1-tur

02/09/2022, 20:00

1
:
2
Tugadi

Paxtakor

SHahzod Azmiddinov - 14'

45'
90'
17'  Jamshid Iskanderov
51'  Jamshid Iskanderov
61'  Davron Hoshimov (Azim Ahmedov)
68'  Diyor Turopov (Doniyor Abdumannopov)
68'  Asadbek Sobirzhonov (ZHasur YAxshiboev)
71'  Jamshid Boltaboev
14'  SHahzod Azmiddinov
14'  Dostonbek Hamdamov
20'  Farrux Sayfiev
50'  Ikrom Aliboyev
66'  Ikrom Aliboyev (Abbosbek Fayzullayev)
83'  Odiljon Hamrobekov
86'  Farrux Sayfiev (Muhammadali O'rinboyev)

Namangandagi bahsdan keyin mehmon jamoa vakillari tashkilotchilikka nisbatan etiroz bildirishyapti. Klub rasmiylarining aytishicha, o'yin tugashiga 20 daqiqa qolganda maydon atrofida turishi kerak bo'lgan zaxira to'plari yig'ishtirib olingan. Stadionda bo'lgan saytimiz xodimi esa "ball boy"lar "Navbahor"ning 2-goli urilganidan keyin to'pni toshkentlik futbolchilarga uzatish o'rniga uzoqroqqa olib qochganini bildirdi.

Qoidaga ko'ra, rasmiy uchrashuvda foydalanish uchun kamida 8 ta to'p bo'lishi kerak. Ularni uzatib turish uchun maydon atrofida 10 nafar (eng kamida) "ball boy" bo'lishi lozim. Buni mezbon jamoa taminlaydi.

Agar "Paxtakor" vakillarining gapi rost bo'lsa, uchrashuvning oxirgi 20 daqiqasida reglament qo'pol ravishda buzilgan (16.11). 

Bu haqda malumot olish uchun yarim tunda O'zPFL xodimlarini bezovta qildik. Tashkilot vakili mazkur holat uchrashuv komissari bilan hozircha muhokama qilinmaganini bildirdi:

"Agar adashmayotgan bo'lsangiz, bu juda xunuk vaziyat. Ertaga uchrashuv komissari o'yin bo'yicha batafsil malumot topshirganidan keyin holatni o'rganamiz. SHunaqa bo'lgani tasdiqlansa, mezbon jamoaga nisbatan tegishli tartibda chora ko'riladi.

Xotirjam bo'lishingiz mumkin, bunaqa narsalarni etibordan chetda qoldirmaymiz. Qaysidir klub o'yin natijasiga tasir ko'rsatish uchun eng mayda detallar orqali qoidani buzsa ham, O'zPFL tegishli tartibda chora ko'rib keladi".

Yodingizda bo'lsa, bu jamoalar o'rtasida Superliganing birinchi davrasida kechgan uchrashuvda boshqacharoq vaziyat bo'lgan: "Paxtakor" fan-klubi etakchisi Javohir SHokirov texnik zonada paydo bo'lib, autga chiqib ketgan to'pni raqib futbolchisiga qaytarib berish o'rniga, boshqa tomonga namoyishkorona tepib yuborgan edi.  SHu tufayli o'yin yakunlangach stadionda janjal kelib chiqqan. Tartib-intizom qo'mitasi epizodni o'rganib chiqib, Toshkent klubini jarimaga tortgan edi.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика