So’nggi yangiliklar

13:02Суперлига сўнгги тури ва плей-офф саналарига ойдинлик киритилди  0 12:42Голларга бой ўтган "Пахтакор" – "Бунёдкор" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 12:18Суперлига. 28-тур учрашувларини бошқариб борувчи ҳакамлар эълон қилинди  2 11:50Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 10 ноябрь куни сафарга отланади  10 11:44U-17 ЖЧ старт олди. ОКда чорак финалда қолиб кетган Япония Африка чемпиони Марокашни таслим қилди, ўзбек ҳаками бошқарган ўйинда Месси ватандошлари ғолиб  3 11:35Суннатуллоҳ Ҳамиджонов: "Насиб қилса, Баҳрайндан уч очко билан қайтамиз"  3 10:40"Бунёдкор-2011" халқаро турнирда совриндорга айланди  3 10:09"Эльче" — тарихда "Барселона"дан кўпроқ тўп назоратига эга бўлган илк янги жамоа  1 09:55Венсан Компани: "Олдимизда Чемпионлар Лигасининг фаворитларидан бири билан синов турибди"  0 09:35Легионерларимиз. Умарали Раҳмоналиев тўлиқ ўйнаган баҳсда "Сабаҳ" ғалаба қозонди  1 09:15Хаби Алонсо "Реал Мадрид"га янги Кроосни топди  4 08:55Легионерларимиз. Рустам Ашурматов Эрон чемпионати 9-тур рамзий терма жамоасидан жой олди  2 08:28Жозе Мораиш мураббий сифатида ўзбек клубларига ютқазмаяпти  9 08:08Сербия чемпионатида мураббий ўйин пайтида вафот этди  0 07:42"Барселона" Эрлинг Холандни 2026 йил ёзида қўлга киритишни режалаштирмоқда  8

"Nasaf"ning uyda ochko yo'qotishi ertak emas, aniq fakt va tahlildir yoxud kechagi maqolaning davomi Yangiliklar

"Nasaf"ning uyda ochko yo'qotishi ertak emas, aniq fakt va tahlildir yoxud kechagi maqolaning davomi

Teglar :  Nasaf Bunyodkor
Futbolda taxmin, o'yindan oldingi mulohazalar, fikrlar bo'lishi tabiiy hol.

Bu qachondir to'g'ri, yana qachondir noto'g'ri chiqadi. "Nasaf"ning ochko yo'qotishi haqidagi maqolam esa shunchaki osmondan olib yozilmadi. Aniq faktlar, raqamlar keltirib o'tilgandi. SHunga qaramay, ommaning "shirin" gaplari tomonimga yog'ildi. O'zim ham muxlis bo'lganman va buni oddiy qabul qildim. O'yinning borishi bir tomondan taxminlarimni oqlayotgan, ikkinchi pallada o'zgacha xavotir ham yo'q emasdi. 


Ichki hissiyot. CHempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" bugun ochko yo'qotadi


1. "Nasaf" uyda qanday natijalar qayd etayotgandi? 


Buni yana bir bor takidlayman. Faktsiz yozgan deganlarga eslatib o'taman. "Ajdarlar" uyda ochko ishlash bo'yicha oltinchi o'rinda bormoqda. "Nasaf" o'z Qarshidagi 10ta uchrashuvda 15 ochko qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. Natijalar 3ta g'alaba, 6ta durang va 1ta mag'lubiyat. Jamoa safarda ochko yig'ish borasida peshqadam, 12ta o'yin 30 ochko. Mehmonda mag'lub bo'lmagan ikki jamoadan biri bo'lib turibdi (ikkinchisi "Paxtakor"). Joriy yil uy o'yinlari hisobidan ettinchi marotaba durang kecha "Bunyodkor" bilan bahsda bo'ldi. 



2. Boshkovich maqsadiga erishdi. Hammasiga "Nasaf"ning o'zi aybdor 

"Bunyodkor"ning bugungi holatida peshqadam maydonidan bir ochko bilan qaytish fikrimcha yomon natija emas. Sezgan bo'lsangiz, avvallari jamoa ko'proq chiroyli o'yin va kombinacion futbolga urg'u qaratgan. Hozirgi kunda Boshkovich ko'proq natija haqida boshqotirmoqda va kuchli raqiblar bilan o'yinlarda ikkinchi raqam ostida, mustahkam himoya qo'rg'onini qurgan holda futbolchilarni o'ynatmoqda. Taktik tomondan o'yinlarga juda to'g'ri yondashyapti, deya olaman. Kecha mudofaa markazidagi O'rozov, Yoqubov, Ergashev triosi reja bo'yicha "Nasaf"ning asosiy "olov purkagichlari" Norchaev, Lima, Bozorovga imkon bermasligi kerak edi.  O'yindagi vaziyatlar, keskinlik yaratish, darvozalarga berilgan zarbalar qarshiliklarning g'alabaga loyiq ekanligidan darak berardi. . O'yinni kuzata turib taxminlarim yo'qqa chiqishiga o'zimni ishontira boshlagandim. Haqiqatdan ham "Nasaf" zo'r o'ynadi. "Bunyodkor"ning himoyasi raqib bosimi va hujumlariga bosh bera oladimi yoki yo'qmi bu ham qiziq edi. Statistika ham bunga yaqqol javob. Kecha chinakamiga omad mezbonlardan yuzini o'girdi. Darvoza to'sini to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi, Suhrob Sultonovning mahorati, penaltidan foydalana olmagan Marko va hokazo. "Nasaf"da g'alaba uchun hammasi etarli bo'ldi. Omad yana omad.

 




3. Qarshida Urugvay - Gana uchrashuvi scenariysi yoxud so'nggi chorani qo'llagan Muzaffar 


Bellashuvning kulminacion nuqtasi ikkinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda yuz berdi. Lima Kruzning  jarima maydonchasi ichidagi aldamchi harakatlaridan so'ng "Bunyodkor" futbolchilari to'pni qaytarishga urindi. Tartibsizlikdan foydalangan Akmal Mozgovoy zarba berdi. To'p darvozaga kirib ketayotgan joyida Muzaffar Olimjonov darvoza chizig'i ustidan to'pni qo'li bilan qaytardi. Bu uning uchun oxirgi chora edi. SHu onda JCH-2010 chorak finali doirasida o'tgan Urugvay - Gana uchrashuvi yodimga keldi. Ekstra-taymlar tugashiga sekundlar qolgan pallada Gana uyushtigan hujumni Luis Suares qo'li bilan qaytargan, hakam xuddi kechagidek qizil kartochka va 11 metrlik nuqta belgilagandi. Biroq Asamoa Gyan yakunda zarbani yo'llashda adashgandi. O'xshashlik bor-a. Qarshidagi o'yin qahramoni so'zsiz Suhrob Sultonov biroq "yashirin" qahramon bu Muzaffar Olimjonov, deya olaman. 



Yuqorida aytdim, "Nasaf"ning uyda ochko yo'qotishi bu "Qunduz boboning ertaklari" emas, balki aniq tahlillar va faktlardir. Amalda bu o'z so'zini aytdi. Xo'sh, bunga kim aybdor? Boyni to'nagan ham, sichqonni dumini kesgan ham men-men!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика