So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  6 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  24 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   37 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  227 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

"Nasaf"ning OCHL guruhi bosqichidagi avvalgi 4ta ishtiroki qanday yakun topgan? Yangiliklar

"Nasaf"ning OCHL guruhi bosqichidagi avvalgi 4ta ishtiroki qanday yakun topgan?

Uch yillik tanaffusdan so'ng "Nasaf" yana Osiyo chempionlar ligasi guruh o'yinlariga qaytdi.

Qarshiliklar kuni kecha BAA poytaxti Abu Dabida kechgan o'tish o'yinida "Baniyas"ni 2:0 hisobida mag'lub etib, OCHL guruh bosqichiga yo'l olishdi. "Nasaf"ning OCHL guruh bosqichiga chiqishi "So'g'diyona" uchun OFK Kubogida qatnashish eshiklarini ochdi. Bu esa o'zbek futboli muxlislari uchun qo'shaloq bayram demakdir. 

"Nasaf" bu mavsum 5-bor guruh o'yinlarida qatnashadi. Jamoa shu paytgacha to'rtta ishtirokida afsuski, guruhdan chiqa olmagan. Qarshiliklar ikki bor uchinchi va ikki bor to'rtinchi o'rinda OCHLni tugatishgan. 

"Nasaf" OCHL guruh bosqichidagi barcha o'yinlarini Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida o'tkazgan. Demak, murabbiy uchun ham bu yilgi musobaqa beshinchi ishtirok bo'ladi. 

Yana bir malumot: "Nasaf" shu paytgacha guruh o'yinlarida 24 uchrashuvda maydonga tushib, 6 bor g'alaba qozongan. Qolaversa mana shu 24ta o'yinda 17 marta gol urgan. Quyida "Nasaf"ning OCHL guruh bosqichidagi ishtirokini yodga olamiz.

 


2012 yil. Guruhda 4-o'rin (1 ochko)

Raqiblar: "Al Jazira" (BAA), "Istiqlol" (Eron), "Al Rayan" (Qatar).

Gollar: 4ta - Fozil Musaev, Ilhom SHomurodov (2ta), Sami Rabi ("Al Jazira", avtogol).

2011 yil OFK Kubogini qo'lga kiritgan "Nasaf" 2012 yil o'z tarixida birinchi bor Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo'ldi. Jamoa debyutant bo'lgani uchunmi, ilk mavsumda o'zini ko'rsata olmadi va 1 ochko bilan oxirgi o'rinda qoldi. "Nasaf" ilk ochkosini safarda Eronning "Istiqlol" klubi bilan kechgan bahsda qo'lga kiritgandi.

 


2015 yil. Guruhda 3-o'rin (8 ochko)

Raqiblar: "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni), "Al Ahli" (BAA), "Traktorsozi" (Eron). 

Gollar: 5ta - Ilhom SHomurodov, Hamza Karimov, Artur Gevorkyan (3ta). 

2015 yil ikkinchi bor OCHL guruh o'yinlarida qatnashgan "Nasaf" bu safar 8 ochko to'plashni uddaladi. Jamoa oltita o'yinning ikkitasida g'alaba qozonib, ikki bor durang qayd etdi. Uyda va safarda "Traktorsozi" bir xil 2:1 hisobi bilan mag'lub etilgan bo'lsa, BAAda "Al Ahli" va Qarshida Saudiyaning "Al Ahli" klubiga qarshi bellashuvlar 0:0 hisobida yakun topdi.

 


2016 yil. Guruhda 4-o'rin (5 ochko)

Raqiblar: "Al Jayish" (Qatar), "Al Ayn" (BAA), "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni).

Gollar: 4ta - Bobir Abdixoliqov (2ta), Maqsud Karimov (2ta). 

"Nasaf" 2016 yil ham OCHL guruh bosqichida qatnashgan, biroq omadi kelmay to'rtinchi o'rinni egallagandi. O'shanda jamoa 6 uchrashuvda 5 ochko to'plagan. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari uyda "Al Ahli"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, "Al Jayish" va "Al Ayn" bilan kechgan bahslarda durang qayd etgan.

 


2018 yil. Guruhda 3-o'rin (10 ochko)

Raqiblar: "Persepolis" (Eron), "Al Sadd" (Qatar"), "Al Vasl" (BAA).

Gollar: 4ta - Igor Golban, Aziz G'aniev, SHarof Muhitdinov, Bobir Abdixoliqov. 

"Nasaf"ning hozircha oxirgi ishtiroki 2018 yilgi mavsum bo'lib turibdi. O'shanda 10 ochko to'plab ham guruhdan chiqa olmagani juda alam qilgandi. Guruhda uch bor zafar quchgan "Nasaf" bir marta durang o'ynab 10 ochko to'plagandi. O'sha yil ayniqsa Qarshida "Al Sadd" 1:0 hisobida mag'lub etilishi chinakam sensaciya bo'lgani hamon yodimizda. "Ajdarlar" shuningdek "Al Vasl"ni ikkala bahsda mag'lub etib, "Persepolis" bilan durang o'ynashgandi.


Kimlar gol urgan? 

Albatta, muxlislar gollarni kim urganiga alohida etibor qaratadi. Yuqorida "Nasaf" shu paytgacha OCHL guruh bosqichida 17 bor to'p kiritganini aytib o'tdik. Bu gollar ushbu futbolchilar hisobiga yozilgan. 

3 gol - Ilhom SHomurodov, Bobir Abdixoliqov, Artur Gevorkyan. 

2 gol - Maqsud Karimov

1 gol - Fozil Musaev, Hamza Karimov, Igor Golban, Aziz G'aniev, SHarof Muhitdinov, Sami Rabi ("Al Jazira", avtogol).


Demak, "Nasaf" safida OCHL guruh bosqichida gol urgan futbolchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkich bilan Ilhom SHomurodov, Bobir Abdixoliqov va Artur Gevorkyan bormoqda. Umuman shu paytgacha OCHL guruh o'yinlarida "nasafchilar"dan 9 nafar futbolchi raqiblar darvozasini ishg'ol etgan. 

Va eng qizig'i, bugungi "Nasaf" tarkibida shu paytgacha gol urgan futbolchilardan birgina SHarof Muhitdinov harakat qilmoqda.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика