So’nggi yangiliklar

09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  0 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  0 08:08Бугун финал!  5 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  7 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  8 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  24 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  8

"Nasaf"ga kerak emasligimni aytishdi, Abramovning qo'ng'irog'i "Dinamo"ga o'tishimga etarli bo'ldi" - Marko Stanoevich Yangiliklar

"Nasaf"ga kerak emasligimni aytishdi, Abramovning qo'ng'irog'i "Dinamo"ga o'tishimga etarli bo'ldi" - Marko Stanoevich

"Dinamo" 2025 yilga tarkibni shakllantirishda legionerlar xizmatidan ham foydalanmoqda.

5 yil davomida "Nasaf"da to'p tepgan Marko Stanoevich yangi mavsumda samarqandliklar libosini kiyadi. Serbiyalik yarim himoyachi "ajdarlar" safini tark etishi va yangi jamoasi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- "Nasaf"ga ilk bor 2020 yil kelgandingiz. 5 yil legioner uchun katta vaqt. Jamoani tark etishda kimning qarori ko'proq ustunlik qildi?

- Albatta bitta jamoada shuncha vaqt o'ynash yoqimli. Bu kichik muddat emas. Qashqadaryoda o'zimni uyimdagidek his qildim. Lekin qarorni murabbiy va rahbariyat qabul qildi. Jamoaga boshqa kerak emasdim.   

- CHempion sifatida tark etish "Nasaf"dagi faoliyatingizni yuqori nuqtasi bo'ldimi?

- Bilsangiz orada og'ir jarohat olib 6-7 oyga safdan chiqdim. Bu men uchun qiyin davr edi. Murakkab davrni ortda qoldirib yana maydonga qaytganimni o'zim uchun "Nasaf"dagi cho'qqi degan bo'lardim. 2024 yilda esa bizga etishmayotgan yagona sovrin chempionlikni qo'lga kiritdik. 

- Sizni "Dinamo"ga Dragan CHeran tavsiya qilganini aytishdi. Aslidachi?

- Ro'ziqul Berdiev o'z qarorini aytgach boshqa variantlarni ko'rib chiqa boshladim. SHu vaqtda Vadim Abramovdan qo'ng'iroq bo'ldi. "Dinamo"ga o'tish taklifini bildirdi. Men yo'q deya olmadim.

- Bir necha yil oldin OKMK sizni o'zida ko'rishni istagandi...

- O'sha paytda bundan tashqari qolgan klublardan ham chorlov olgandim, lekin "Nasaf"dan ketgim kelmagan. Meni bu klubda barcha narsa qoniqtirardi. 

- Yangi jamoangizda qaysi raqamni olishni rejalashtirgansiz?

- Agar tanlash imkoniyati berilsa 88-raqamni tanlayman.

- "Dinamo" yig'iniga qachon kelib qo'shilasiz?

- Ertadan jamoa safida mashg'ulotlarni boshlayman. 

- Samarqandda maqsad avvalgi jamoangiznikidan farq qilishi tabiiy...

- Men doim o'ynagan jamoalarimga foyda keltirishni, yutuqlarga hissamni qo'shishni istayman. O'ylaymanki, Samarqandda ham yaxshi taassurot qoldiraman.


Qiziqarli faktlar, malumotlar bu erda  → Pressball | Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика