"Nasaf" rahbariyati xorijga qo'yib yubormagandi" - SHerzod Azamov
23 iyu 2022 13:21
Yangiliklar
"Nasaf" rahbariyati xorijga qo'yib yubormagandi" - SHerzod Azamov

Undan 2017 yilda chet eldan yaxshi takliflari bo'lsa ham, nega "Nasaf"da qolgani haqida so'radik. Futbolchining javobi shunday bo'ldi:
"SHartnoma imzolayotganimizda klub rahbariyati xorijdan takliflar bo'lsa, qo'yib yuborishga vada bergan. Lekin men uchun pul taklif qilinganda direktorlar gapida turmagan. Agentlarim transfer amalga oshishi uchun ancha harakat qilishgandi. "Nasaf"da moliyaviy muammolar paydo bo'lganidan keyin huquqimni "Paxtakor"ga sotib yuborishdi. SHu tufayli xorijga ketmasam ham, hech narsa yutqazmadim".

Malumot uchun, SHerzod Azamov "Nasaf" libosida (2009-2017 yillar) 150 uchrashuvda maydonga chiqib, 6 ta gol urgan. U "ajdarlar" bilan OFK kubogi, O'zbekiston kubogi va superkubogini yutgan. CHempionatda esa 1 marta kumush, 6 bor bronza medalga ega chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar