"Nasaf" nazorat uchrashuvida "Xorazm"ga mag'lub bo'ldi
25 sen 2022 20:37
Yangiliklar
"Nasaf" nazorat uchrashuvida "Xorazm"ga mag'lub bo'ldi
Superliga klublari FIFA kunlaridagi tanaffusda nazorat uchrashuvlari o'tkazmoqda.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" bugun Qarshida Pro liga vakili "Xorazm"ni qabul qildi. Uchrashuvda Lima Kruzning 7-daqiqada urgan tezkor goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan maydon egalari, 30-daqiqada darvozasidan to'p olib chiqdi. Xorazmliklar tarkibida gol muallifi SHahzod Beshimov. Tanaffusga jamoalar 1:1 hisobida yo'l olishdi. Ikkinchi bo'limning 70-daqiqasida "Xorazm"ning joriy mavsumdagi to'purari Rokki Marchiano hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi. Yakunda hisob o'zgarmadi, 1:2.
Nazorat uchrashuvi.
Qarshi. "Markaziy" stadioni
NASAF - XORAZM 1:2
Gollar: Lima Kruz 7, 1:0 - SHahzod Beshimov 30, 1:1, Rokki Marchiano 70, 1:2
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar