"Nasaf" etakchisiga nima bo'ldi?
16 may 18:28
Yangiliklar


"Nasaf" etakchisiga nima bo'ldi?
Ana shu uchrashuvda qarshiliklar safida jamoa etakchilaridan biri Sherzod Nasrullaev qaydnomadan ham o'rin olmagan edi.
O'zbekiston milliy terma jamoasini oldinda muhim o'yinlar kutib turgan bir paytda MTJ azosi qaydnomadan o'rin olmagani ko'pchilikda havotir uyg'otgandir. Shu sabab "Championat.asia" sayti Nasrullaevning ahvoli bilan qiziqdi. Bizga malum bo'lishicha, chap qanot himoyachisining tana harorati 40 darajagacha chiqib ketgan va shu sabab "Paxtakor" bilan o'yinni o'tkazib yuborgan. Sherzod ayni paytda o'z uyida davolanmoqda. Futbolchi katta ehtimol bilan terma jamoa o'yinlariga qadar safga qaytadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasini oldinda JCH-2026 saralashi doirasidagi BAA (5 iyun) hamda Qatar (10 iyun)ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Eng muhim pallalar kelyapti. Alloh saqlasin jarohatlardan futbolchilarimizni. Nasrullayev ham asosiy tarkib himoyachilaridan biri. Fizichskiy baquvvat bu araablar bn oʻyinlarda muhim.
Optimal tarkibda yetib kelishlari juda muhim hamma