So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Narimon Ahmadjonov: "Murabbiy ishonchini bor kuchim bilan oqlashga harakat qilyapman" Yangiliklar

Narimon Ahmadjonov: "Murabbiy ishonchini bor kuchim bilan oqlashga harakat qilyapman"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi O'zbekiston Kubogi nimchorak finalida mehmonda "Qo'qon-1912" bilan kuch sinashdi (1:1, penaltilar bo'yicha – 4:5). .

"Qaldirg'ochlar" penaltilar seriyasida raqibidan ustun keldi va chorak finalga yo'l oldi. Uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor" jamoasi futbolchisi Narimon Ahmadjonov fikrlarini bildirdi. 

"O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, qiyin bo'lishini bilardik. Murabbiylarimizni ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qildik. Xudoga shukrki, g'alaba qozondik.

Qo'limdan kelgancha harakat qilyapman. Ilyos Zaytullaev ishonch bildiryapti, men esa bor imkoniyatim bilan bu ishonchni oqlashga intilyapman. Xudo xohlasa, "Bunyodkor" bilan chempion bo'lish niyatim bor. 

Penaltilar seriyasiga kelsak, bu holat har qanday futbolchining boshida bo'lishi mumkin. Imkon qadar aniq zarba berishga harakat qildim. Ko'rganingizdek, darvozabon joyidan 1 metrcha chiziqdan chiqib ketgan ekan. Bu kabi holatda darvozani ishg'ol qilish oson emas. Keyingi zarbada o'zimga keldim va gol urishga muvaffaq bo'ldim", – dedi Narimon Ahmadjonov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика