"MYU sardorlik bog'ichini Maguayrdan olib, Ronalduga berishi kerak"
19 mar 2022 08:32
Yangiliklar
"MYU sardorlik bog'ichini Maguayrdan olib, Ronalduga berishi kerak"
Sobiq futbolchi Mayka Richards "Manchester Yunayted"da vaqtincha Ronaldu sardor bo'lishi kerak deb hisoblaydi.
"Xarri Maguayrga sardorlik vazifasini bajarishda yordam kerak. Balki men ham tanqidchilarga qo'shilgandek ko'rinayotgandirman. Ammo, bunday emas. Gap shundaki, sardorlik bog'ichini vaqtinchalik Krishtianu Ronalduga berish kerak.
Men uzoq vaqtdan beri Maguayrning muxlisiman. Ammo u o'zining eng kuchli formasida emas. O'zidan kutilganidek yuqori darajada o'ynay olmayotgan futbolchini bunday baholashning yomon tomoni yo'q.
Xarrining o'zgartirilishini eshitib xursand bo'layotgan muxlislarni ko'rganimda xafa bo'ldim. Haqiqiy muxlislar bunday qilishmaydi, uni qo'llab-quvvatlagan bo'lishardi", - dedi Richards.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar