MYU “Real“ futbolchiga 90 million taklif qildi
13 iyu 11:07
Yangiliklar
MYU “Real“ futbolchiga 90 million taklif qildi
“Manchester Yunayted“ “Real“ yarim himoyachisi Orelen Tchuameniga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Qizil iblislar“ futbolchining transferi uchun 90 million evro berishga tayyor. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda. Biroq ushbu transferga “qirollik klubi“ bosh murabbiyi Xabi Alonso qarshilik ko'rsatgan. Murabbiy franciyalik futbolchining o'yinidan mamnun va uni jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rmoqda.
Malumot uchun, 25 yoshli futbolchi 2022 yildan beri “Real“ safida harakat qilib kelmoqda. U yakunlangan mavsumda 58 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bor. Futbolchining “Real“ bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar